Page 119 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 119

  1  1       2 
                                                 P=K+σ               K 
                                                              R  R        R
                   Keyingi  holatdagi,  botiq  yuza  vujudga  keltirilgan  manfiy  kuch

            (bosim)  suyuqlikni  ma’lum  bir  balandlikkacha  (h  sm  da)  ko‘tarilishiga
            sabab bo‘ladi. O‘z navbatida bu ko‘tarilish menisk yuza hamda suyuqlik
            ko‘tariladigan erkin yuza o‘rtasidagi bosim tenglashguncha davom etadi.

                   Jyuren (1718) bo‘yicha kapillyar ko‘tarilish balandligi (h) quyidagi
            formula bilan ifodalanadi:

                                                            h=  2  ,
                                                                rd
                   bu erda,
                   h – suvning kapillyarlar bo‘ylab ko‘tarilish balandligi, sm;

                   σ – yuza tortilish kuchi (koeffitsienti);
                   r – kapillyar radiusi, mm;
                   d – suyuqlik zichligi.
                   Jyuren  formulasidan  xulosa  qilib,  kapillyar  ko‘tarilish  balandligi  h,

            yuza  tortilish  koeffitsienti  (kuchi)  bilan  to‘g‘ri  proporsional,  kapillyar
            radiusi  hamda  ko‘tariladigan  suyuqlik  zichligi  (konsentratsiyasi)

            ko‘paytmasiga  teskari  proporsional  bog‘lanishda  bo‘lishini  ko‘rish
            mumkin.
                   Yuqorida  keltirilgan  Laplas  va  Jyuren  formulasidan  aniqlanadiki,
            kapillyar  ko‘tarilish  sizot  suvlari  yuzasidan  cheksiz  balandlikkacha

            bo‘lishi  mumkin,  ya’ni  kapillyar  naycha  diametri  qancha  kichik  bo‘lsa
            kapillyar ko‘tarilish balandligi shuncha katta, aksincha, kapillyar naychalar
            qancha yirik bo‘lsa suvning ko‘tarilish balandligi shuncha kichik bo‘ladi.

            Demak,  mexanik  (granulometrik)  tarkibi  og‘ir  tuproqlarda  suvning
            ko‘tarilish balandligi katta bo‘ladi.
                   Mixelsonning  ko‘rsatishicha,  mexanik  zarrachalarning  diametri
            0,0001  mm  dan  tashkil  topgan  tuproqlarda  Laplas  formulasi  bo‘yicha

            kapillyar ko‘tarilish balandligi 296,5  sm gacha, Tersagi bo‘yicha esa bir
            necha  yuz  metrgacha  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  Zavoljening  lyossimon
            qumoqli tuproqlarida ko‘tarilish balandligi 350 sm dan (Kachinskiy) yoki

            A.A.Rode  bo‘yicha  600  sm  dan,  Mirzacho‘lning  och  tusli  bo‘z
            tuproqlarida esa 3-4 m dan (Bespalov) oshmasligi ko‘rsatiladi.
                   Tabiiy sharoitda olingan ma’lumotlar nazariy yo‘l bilan hisoblangan
            ma’lumotlarga  to‘g‘ri  kelmasligining  asosiy  sababi  –  diametri  jihatdan

            juda  kichik  kovaklarning  zich  bog‘langan  suvlar  yoki  havo  bilan  band
            bo‘lishidir. Bunday sharoitda erkin  suvning kapillyarlar bo‘ylab harakati

            uchun sharoit bo‘lmaydi.

                                                            114
   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124