Page 118 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 118

N.A.Kachinskiyning ko‘rsatishicha, kapillyarlar diametri 8 mm dan
            kichik, ayniqsa, 100 mk - 3 mk (mikron) oralig‘ida bo‘lganda kapillyarlik

            yaxshi ifodalanadi. Chunki, diametri jihatdan katta kapillyarlarda (8 mm)
            kapillyar suvlarni  harakatga keltiruvchi botiq yoki qabariq yuza vujudga
            kelmaydi.  Diametri  3  mk  dan  kichik  bo‘lgan  kapillyarlar  esa  doimo

            sorbsiya  qilingan  suvlar  bilan  band  bo‘lib,  kapillyar  suvlar  harakatiga
            to‘sqinlik qiladi.
                   Eritmaning  tuproq  kapillyaridagi  tabiatining  matematik  ifodasini

            Laplasning (1807) quyidagi formulasi bo‘yicha ifodalash mumkin:
                                                             1     1  
                                                  R=K+σ             
                                                                      
                                                            
                                                             R 1  R 2  
                   bu erda,
                   R-kapillyar suv yuzasi vujudga keltirilgan normal bosim;
                   K-erkin suv yuzasining normal bosimi;

                   σ -eritmaning yuza tortilish kuchi;
                   R1 va R2 – menisk kuchlarni vujudga keltirgan kapillyarlar radiusi.
                   Menisk  kuchlar  pastga  tomon  yo‘nalgan  bo‘lsa  (qabariq  yuza)
            musbat,  agarda  ular  yuqori  yo‘nalgan  bo‘lsa  (botiq  yuza)  –  manfiy

            hisoblanadi.
                   Agarda  biz  shartli  ravishda  tuproq  kapillyarini  silindr  shaklida  deb
            faraz  qilsak,  bunda  R1  va  R2  lar  o‘zaro  teng  bo‘lib  yuqoridagi  formula

            quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
                                                             1   1        2
                                                R=K+ σ                K 
                                                                     
                                                             R 1  R 2      R
                   Bu  formulani  kapillyardagi  suyuqlik  vujudga  keltirgan  uch  turdagi
            menisk holatga qarab quyidagi ko‘rsatkichlarni olish mumkin:
                   1. Suyuqlik yuzasi tekis, ya’ni menisk yuza hosil bo‘lmagan. Bunda

            yuqoridagi formula quyidagicha tus oladi:
                                                    P=K+    2    K  O   K
                                                            
                   Ya’ni,  bunda  kapillyar  ichidagi  suyuqlik  bilan  ko‘tarilishni  ta’min
            etuvchi bosim bir-biriga teng, hech bir ko‘tarilish bo‘lmaydi.
                   2.  Menisk  yuzasi  qabariq  (musbat  kuch).  Bunda  Laplas  formulasi

            quyidagicha tus oladi.

                   R=K+     2   bunda qabariq yuzada hosil bo‘lgan normal bosim birinchi
                             R
            holatdagi bosimdan katta bo‘ladi.
                   3.  Menisk  yuza  botiq  (manfiy  kuch)  bo‘lganda  Laplas  formulasi
            quyidagicha ifodalanadi.


                                                            113
   113   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123