Page 121 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 121
ko‘tarilish uchun (6-variant) 844 soat kerak bo‘lsa, uning yuqoriga tomon
engillashuvi holatida (5-variant) 2688 soat vaqt kerak bo‘ladi (17-rasm).
17-rasm. Sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq tuproqlar profilida namlikning
tarqalishi:
1-qumloq; 2-engil qumoq; 3-o‘rtacha qumoq; 4-og‘ir qumoq; 5-soz; 6-qum; 7-<10;
8-10-15; 9-15-20, 20-25; 10-25-30; 11->30; 12-sizot suvlar, 13-tuproq yuzasi; 14-
nisbiy namlik; 15-havo S; 16-yog‘in-sochin.
0
Mexanik tarkibning vertikal profilda o‘zgarishi kapillyar ko‘tarilish
tezligining o‘zgarishiga olib keluvchi omil bo‘lib qolmasdan, balki har xil
miqdordagi namlikning saqlanishiga ham sabab bo‘ladi. Buni 16-rasmda
keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
Namlikning tarqalish holatini quyidagi kategoriyalarga ajratildi
(tuproq vazniga nisbatan foiz miqdorida):
0-10 – o‘simlikning so‘lish namligi, tarkibidagi suv qiyin
o‘zlashtiriladigan shaklda;
10-15 – maksimal molekulyar nam sig‘imi darajasi, qiyin
o‘zlashtiriladigan suv shaklida;
20-30 – dala nam sig‘imi (har xil mexanik tarkibli tuproqlar uchun),
tarkibidagi suv oson o‘zlashtiriladigan shaklda;
30 dan yuqori – kapillyar, hattoki to‘la nam sig‘imi, tarkibidagi suv
oson o‘zlashtiriladigan, lekin bu suv shakli tuproq qatlamlarida uzoq
turishi unda havo almashinuvining yomonlashishiga olib keladi.
Xullas, tuproq mexanik tarkibining uning profilida o‘zgarishi - bir
tomondan, sizot suvlar sathining o‘zgarishi - ikkinchi tomondan o‘suv
116