Page 124 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 124

Olingan  tuproq  namunalari  maxsus  laboratoriyalarda  quritilib,  namlik
            ko‘rsatkichi  topiladi  (namlikni  aniqlash  mazkur  qo‘llanmada  beriladi).

            Demak, namlikni  tuproq kesmasining quruq hamda  yangidan tozalangan
            holatiga  namlikni  aniqlab  maxsus  grafik  tariqasida  ifodalash  yo‘li  bilan
            kapillyar  hoshiya  chizig‘ini  topish  mumkin.  Grafikda  albatta,  ma’lum

            chuqurlikda ikkala holatdagi tuproq namligi ko‘rsatkichi bir-biriga yaqin
            kelishi  (teng  bo‘lishi)  ni  ko‘ramiz.  Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  sizot
            suvi  sathidan  ko‘tarilgan  kapillyar  suv  namlikning  ikkala  holatdagi

            ko‘rsatkichi teng bo‘lgan balandlikkacha ko‘tarilishi mumkin (18-rasm).
                   Tuproqda  kapillyar  hoshiyaning  past-balandligi,  birinchidan,  sizot
            suvlarining  chuqurligiga  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchidan,  mexanik  tarkibning
            tuproq qatlamlarida almashinib turishi (qum soz, qumloq, soz-qumoq va

            h.k) ularning tarqalish balandligi va namlanish miqdoriga bog‘liqdir. Sizot
            suvlarining ko‘tarilish tezligi va balandligi tuproqning mexanik tarkibiga
            qarab  o‘zgara  boradi.  Qumli  tuproqda  kapillyar  ko‘tarilish  tezligi  juda

            yuqori, balandligi esa, aksincha, past: soz tuproqlarda kapillyar ko‘tarilish
            tezligi juda sekin, lekin balandligi ancha katta bo‘ladi. Qumloq tuproqlar
            o‘rtacha  holatni  egallashi,  lekin  ko‘tarilish  balandligi  soz  tuproqlarga
            nisbatan ham katta bo‘lishi mumkin.

                   Tuproqning vertikal profilida mexanik tarkibning almashinib turishi,
            ayniqsa  mexanik  tarkibni  vertikal  profilda  pastdan  yuqoriga  qarab
            engillashib  yoki  og‘irlashib  borishi  ham  kapillyar  suvlarni  ko‘tarilish

            tezligi va balandligida o‘ziga xos qonuniyatlarni vujudga keltiradi.
                   18-rasmda  keltirilgan  ma’lumotlarga  e’tibor  qilsak  quyidagilarni
            ko‘ramiz:  “a”  harfi  bilan  belgilangan  tuproq  vertikal  profili  o‘rtasida

            mexanik tarkibni almashinuvi (qumloq, qumsoz, engil qumoq) kuzatilsa,
            “b”  harfi  bilan  esa  mexanik  tarkib  (engil  qumoq,  o‘rtacha  qumoq,  og‘ir
            qumoq)  dan  iborat  tuproq  profili  keltirilgan.  Natijada  sizot  suvlarining

            tarqalishi bir-biridan farq qiladi.
                   “A”  va  “B”  holatlarda  ham  kapillyar  suvlar  tuproqlarning  pastki
            qatlamlaridan  yuqoriga  qarab  tarqalishida  uchta  zona  mavjudligi  yaqqol
            ko‘rinib  turibdi.  Birinchi  zona  -  sizot  suvlari  sathi  atrofida  joylashgan

            qatlamni o‘z ichiga olib, unda namning miqdori kapillyar nam sig‘imiga
            (KNS)  ega  bo‘ladi.  Ikkinchi  zona  pastdan  yuqoriga  qarab  bir  me’yorda
            namlanib, bu namning miqdori dala nam sig‘imiga (DNS) ga teng bo‘ladi.

            Uchinchi  zona  -  eng  aktiv  zona  hisoblanib,  bu  zonada  tuproq  suvi  ham
            transpiratsiyaga ham tuproq yuzasidan bug‘lanishga sarf bo‘ladi. Shuning
            uchun ham bu zonada tuproqning namlik darajasi ancha past bo‘ladi.



                                                            119
   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129