Page 142 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 142

Biz, quyida Xorazm vohasining o‘tloqi allyuvial tuproqlarining suv
            o‘tkazuvchanlik  bo‘yicha  klassifikatsiyasini  havola  qilamiz.  Bunda

            tuproqlarni  suv  o‘tkazuvchanlik  qobiliyatiga  qarab  guruhlarga  bo‘lganda
            ularning butun kuzatish davomida (10 soat) ketgan suv sarfiga (mm suv
            ustuni hisobida) qarab inobatga olinadi.

                   1.  Suv  o‘tkazuvchanligi  yuqori  bo‘lgan  tuproqlarda-400  mm  ortiq.
            Bu guruhga qum va qumli allyuvial tuproqlar kiradi.
                   2. Juda yaxshi suv o‘tkazuvchan tuproqlar 400-300 mm. Bu guruhga

            sho‘rlanmagan  engil  va  o‘rtacha  qumoq  hamda  yaxshi  struturali  og‘ir
            qumoq allyuvial tuproqlar kiradi.
                   3. Suv o‘tkazuvchanligi yaxshi tuproqlar 300-200 mm. Bu guruhga
            o‘rtacha  sho‘rlangan  o‘rta  va  og‘ir  qumoq  hamda  profili  pastga  tomon

            og‘irlashib boruvchi allyuvial tuproqlar kiradi.
                   4. Suv o‘tkazuvchanligi qoniqarli tuproqlar 200-100 mm. Bu guruhga
            o‘rtacha sho‘rlangan o‘rta va og‘ir, asosan profili pastga tomon engillashib

            boruvchi allyuvial tuproqlar kiradi.
                   5.  Suv  o‘tkazuvchanligi  past  tuproqlar  100-80  mm.  Bu  guruhga
            kuchli sho‘rlangan mexanik tarkibi og‘ir, qalin zichlangan qatlam mavjud
            bo‘lgan allyuvial tuproqlar kiradi.

                   6.  Suv  o‘tkazuvchanligi  juda  past  tuproqlar  80  mm  dan  kam.  Bu
            guruhga  sho‘rxoqlar  hamda  sizot  suvlari  juda  yaxshi  joylashgan  og‘ir
            mexanik tarkibli o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan allyuvial tuproqlar kiradi.

                   Ma’lum  tuproqlarning  suv  o‘tkazuvchanlik  qobiliyatiga  qarab
            bunday  tabaqalanishi  sug‘orish  va  sho‘r  yuvish  jarayonlari  bilan  bog‘liq
            bo‘lgan  agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlarni  belgilashda  muhim  rol

            o‘ynaydi.
                   Tuproqning suv ko‘taruvchanligi – deb, tuproqning suvni kapillyar
            oraliqlar  orqali  pastki  qavatlaridan  yuqoriga  ko‘tarish  xususiyatiga

            aytiladi.  Suv  ko‘tarish  xususiyati  kapillyar  namlikning  ko‘tarilish
            balandligi va uning harakat tezligi bilan ifodalanadi.
                   Tuproqning  suv  ko‘tarish  xususiyati  qishloq  xo‘jaligida  ikki
            tomonlama  ahamiyatga  ega,  chunki  o‘simliklar  ildizi  sarf  qiladigan

            suvning to‘ldirilib turishiga va tuproqning bug‘latish xususiyatiga bog‘liq.
                   Tuproq  zarrachalari  qancha  kam  va  tuproq  qancha  kukunlangan
            bo‘lsa,  uning  suv  ko‘tarish  kuchi  shuncha  yaxshi  seziladi  –  kapillyar

            namlik yuqoriga ko‘tariladi. Yirik g‘ovakli va donador tuproqlarda suv tez,
            lekin  kichik  balandlikka  ko‘tariladi.  Strukturali  tuproqlarda  strukturasiz
            tuproqlarga  qaraganda  suv  sekin  ko‘tariladi.  Zich  tuproqlarning  suv
            ko‘tarish xususiyati g‘ovak tuproqlarnikiga qaraganda kuchli bo‘ladi.

                                                            137
   137   138   139   140   141   142   143   144   145   146   147