Page 144 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 144
Vazniga nisbatan, % Dala nam sig‘imiga nisbatan, %
Strukturasiz qumoq tuproq 6 30
Changlangan qora tuproq 6 18
Qora tuproq agregatlari 3 8
Shunday qilib, bu tajriba ham strukturasiz qumoq tuproqdagi
namning harakatchanlik qobiliyati eng katta ekanligini ko‘rsatadi. Chunki,
nam bir xil tuproqdan ayni bir vaqtda strukturali qoratuproqlardagiga
qaraganda 2-3 marta ko‘proq bug‘lanadi.
Demak, och tusli bo‘z tuproqlar u qadar strukturali bo‘lmaganidan,
tarkibidagi nam tipik bo‘z tuproqlardagi namga qaraganda harakatchanroq
bo‘ladi. Ko‘pchilik ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning namni
bug‘lantirish qobiliyatini kamchilik deb hisoblash kerak, chunki bu hodisa
o‘sha tuproqda barqaror nam zahirasi vujudga keltirish mumkin
emasligidan darak beradi. Ammo, sug‘oriladigan tuproqlarda bunday
zahirani vujudga keltirish uchun ehtiyoj ham yo‘q, chunki o‘simliklarning
suvga bo‘lgan talabi ularni o‘z vaqtida sug‘orish yo‘li bilan qondiriladi.
Shu sababli sug‘oriladigan tuproqlarda suvning harakatchanlik
qobiliyatining katta bo‘lishi tuproq strukturasi o‘rniga o‘tadi, desa bo‘ladi.
Bu qobiliyat garchi tuproqda nam va suv g‘amlashni ta’min etmasa ham,
ularning o‘simliklarga tez vaqt ichida etkazilishini ta’minlaydi.
Lekin, shunga qaramasdan, O‘zbekistondagi sug‘oriladigan tuproqlar
haydalma qatlamining ko‘proq agregatlanganligi uning ijobiy
xususiyatidir. Chunki, buning orqasida suv kamroq bug‘lanadi va tuproq
ma’lum sharoitda kamroq sho‘rlanadi. Tuproq suvining harakatchanligini
kamaytirish uchun haydalma qatlamdagi agregatlarda ko‘proq suv
g‘amlashga harakat qilish kerak ekan.
Tuproq suv shakllari o‘z harakatchanligiga qarab 3 guruhga
bo‘linadi:
1. Harakatchan suvlar – tuproq to‘la nam sig‘imi bilan dala nam
sig‘imi o‘rtasida bo‘ladi.
2. O‘rtacha harakatchan suvlar – dala nam sig‘imi bilan kapillyarlarni
uzilish namligi o‘rtasida bo‘ladi. Bu ikkala guruh madaniy o‘simliklar
uchun eng kerakli hisoblanadi.
3. Qiyin harakatlanuvchi suvlar – kapillyarlarni uzilish namligidan
past.
139