Page 155 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 155

porsheni diametri 8 sm, tayyorlangan “loy kulcha” ning diametri esa 5 sm
                                                                 2
            bo‘lganda,  press  manometri  25  kg/sm   ga  teng)  10  minut  davomida
            siqiladi. Belgilangan vaqtning o‘tishi bilan press bosimi kamaytiriladi va
            so‘ngra “loy kulcha” larda qolgan namlik miqdori aniqlanadi. Agarda “loy
            kulcha”lar shu siqilishdan so‘ng yaxshi sinsalar, tahlil tamom bo‘ldi deb

            hisoblash  mumkin.  Bordi-yu  “loy-kulcha”lar  sinmasdan  buklansa,  bu
            namunani  qayta  press  ostida  yana  20-30  minut  davomida  oldingi
            belgilangan kuch bilan siqish taklif etiladi.

                   Namlikni  aniqlash  uchun  “loy  kulcha”  lar  sindirilib,  oldindan
            o‘lchangan  va  raqamlangan  stakanchalarga  solinadi,  eng  oldin  ularning
            ho‘l holatidagi og‘irligi topiladi. Qolgan ish tartibi gigroskopik namlikni
            aniqlash va hisoblash usulida olib boriladi.


                                  Tuproqning dala nam sig‘imini aniqlash


                    Dalada  nam  sig‘imi  (DNS)  ni  aniqlashining  laboratoriya  va  dala
            uslublari  mavjud.  Quyida  dalada  statsionlar  sharoitda  bu  gidrologik
            ko‘rsatkichni aniqlash uslubini beramiz.
                    Ish  tartibi:  Dalada  nam  sig‘imi  (DNS)  aniqlanishi  kerak  bo‘lgan

            maydondan  2x2  m,  yaxshirog‘i  3x3  m  kenglikda  statsionar  tajriba
            maydonchasi  ajratiladi.  So‘ngra  ajratilgan  maydonchada  to‘rt  tomondan
            balandligi  35-40  sm,  dan  iborat  marzalar  bilan  zichlashtiriladi.  Bundan

            maqsad  to‘yintirish  uchun  berilgan  suv  chetga  chiqib  ketmasligi  shart.
            Ayniqsa, qumli va qumloq tuproqlarda kengligi 1x1 yoki 2x2 m, balandligi
            esa  30-35  sm  dan  iborat  yog‘och  yoki  temir  to‘siqlar  qo‘llaniladi.  SHu

            usulda  atrofdan  ajratilgan  tajriba  maydonchasining  o‘rtasiga  solingan
            suvni hisobga olish uchun millimetrlarga bo‘lingan reyka o‘rnatiladi.
                    Dastlab  tajriba  uchun  ajratilgan  maydoncha  yaqinidan  tuproq

            kesmasi qaziladi. Unnng chuqurligi sizot suvigacha, agarda sizot suv sathi
            3  m  dan  chuqurda  joylashgan  bo‘lsa  2,0-2,5  m  chuqurlikkacha  bo‘ladi.
            So‘ngra  vertikal  profilda  genetik  qatlamlar  ajratiladi  va  ularning
            morfologik yozilmasi beriladi. Har bir genetik qatlamdan 1 metrgacha har

            10 sm da, qolgan chuqurlikda sizot suvigacha har 20 sm dagi tuproq hajm
            og‘irligi  aniqlanadi.  Bu,  shu  qatlam  g‘ovakligini  hamda  uni  to‘la
            to‘yintirish uchun zarur bo‘lgan suv jamg‘armasini hisoblab chiqish uchun

            zarur. Tuproqning g‘ovakligini va namligini bilganimizdan so‘ng ma’lum
            qalinlikdagi tuproqni to‘la to‘yintirish uchun zarur bo‘lgan suv miqdorini
            hisoblab  chiqish  mumkin.  Masalan,  1  metr  chuqurlikdagi  tuproqning
            g‘ovakligi  o‘rtacha  50%  tajribadan  oldingi  suv  jamg‘armasi  esa  1700

                                                            150
   150   151   152   153   154   155   156   157   158   159   160