Page 159 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 159

yordamida  elg‘ovak  qilib  teshiladi.  So‘ngra  bu  stakanchalarga  yarim
            molekula suvini yo‘qotgan gips (CaSO4·2H2O) solinadi. Gipsning bu xilini

                                                                                              0
            olish  uchun  oddiy  alebastrni  48-72  soat  davomida  110-120 S  atrofida
            quritiladi.  So‘ngra  shu  alebastrdan  xamir  massa  tayyorlanib  maxsus
            stakanchalar to‘ldiriladi. Bu stakanchalar ham qayta termostatga qo‘yiladi

            (2-4 sutka). Yaxshi quritilgan stakanchalar biroz sovutilgach ularning yuza
            qismi juda tekis qilib silliqlanadi, yon atrofida yopishgan xamir massalari
                                                                                                         0
            olib  tashlanadi  va  yana  termostatga  2-3  soat  davomida  (110-120 S)
            qizdirilib,  undan  so‘ng  maxsus  eksikatorlar  sovitilgach  texnik  tarozida
            tortiladi  va  og‘irligi  aniqlanadi.  SHu  bilan  birga  har  bir  stakancha
            raqamlanib  uning  yuzasi  aniqlanadi.  Tajriba  uchun  iloji  boricha  ko‘proq
            stakancha tayyorlash lozim (50-60 dona). Tayyorlangan gipsli so‘rg‘ichlar

            orqali  suv  harakatchanligini  dalada  yoki  laboratoriya  sharoitida  aniqlash
            mumkin.
                   Dala  sharoitida  suv  harakatchanligi  odatda  har  bir  genetik

            qatlamlarda  yoki  maxsus  (haydalma  yoki  haydalma  osti)  qatlamlarida
            aniqlash  mumkin.  Buning  uchun  mazkur  qatlamlarda  gipsli  so‘rg‘ichlar
            uchun  joy  tayyorlaniladi  va  gipsli  stakanchalarning  yuza  qismi  bilan
            tuproqqa bostirib qo‘yiladi. Har bir qatlamga 3-5 tadan gipsli so‘rg‘ichlar

            qo‘yiladi. Kuzatish aniq soat davom etadi. Belgilangan vaqt o‘tishi bilan
            gipsli  so‘rg‘ichlar  darhol  tuproq  qatlamlaridan  olinib,  biroz  yopishib
            qolgan  tuproq  zarrachalaridan  tozalangandan  so‘ng  texnik  tarozida

            tortiladi  va  uning  og‘irligi  topiladi.  Albatta,  biz  bunda  stakancha
            og‘irligining ortganini ko‘ramiz. SHu bilan bir vaqtda gipsli stakanchalar
            o‘rnashtirilgan  qatlamlardan  tabiiy  namlikni  aniqlash  uchun  namunalar

            olamiz. Harakatlanuvchi suv miqdori esa kuzatish vaqtida gips so‘rg‘ichga
                                                                                                            2
            qo‘shilgan  og‘irlikni  uning  yuzasiga  bo‘lish  orqali  hisoblanadi  va  g/sm
            soat  birligida  ifodalanadi.  Masalan,  gipsli  so‘rg‘ichning  kuzatishgacha

            og‘irligi  –  25,522;  kuzatishdan  keyingi  og‘irligi  –  27,84  g;  gipsli
                                                           2
            so‘rg‘ichning  yuzasi  S=20,2  sm .  bunda  harakatchan  suv  miqdori
            quyidagicha topiladi.
                                 27,84-25,52=2,30 g, 2,30:20,2=0,113 g/sm  soat.
                                                                                        2
                   Bu  ko‘rsatkich  olingandan  so‘ng  ma’lum  maydonda  bir  sutka
            davomida qancha suv iste’mol (sarf) qilinishi juda oson hisoblanadi.
                   Tuproqning  tabiiy  namligini  aniqlash  esa,  tuproqning  namlik

            ko‘rsatkichiga qarab suv harakatchanligi o‘zgarishini ko‘rsatish va maxsus
            grafik tuzish uchun zarur bo‘ladi.
                   Laboratoriya  sharoitida  ham  ish  xuddi  shu  tartibda  olib  boriladi.
            Bunda  biz  fizik  tahlil  uchun  tayyorlangan  tuproq  namunalarini  maxsus

                                                            154
   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163   164