Page 164 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 164
A – o‘rtacha DNS miqdori, hajm og‘irlikga nisbatan, % hisobida;
V – tuproqni sug‘ormasdan oldingi namligi, hajm og‘irlikga nisbatan
% hisobida (haqiqiy aniqlangan yoki DNS ning 70% ga teng);
h – sug‘orish vaqtida atmosferaga qayta bug‘langan suv bu odatda
3
hisoblangan me’yorning 10% ni tashkil etadi, m /ga hisobida.
Tuproqdagi fiziologik foydali suv jamg‘armasini hisoblash uchun
yuqoridagi formuladan foydalanish tavsiya etiladi, lekin bunda
formuladagi V o‘simlik so‘lish namligining o‘rtacha ko‘rsatkichi qo‘yiladi
yoki fiziologik foydali suvni (FFS) quyidagicha ifodalash mumkin:
FFS-DNS-O‘SN
FFS - bu tuproqda o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydigan potensial
suv jamg‘armasi.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligini aniqlash
Suv o‘tkazuvchanlikni aniqlashning laboratoriya va dala uslublari
mavjud. Suv o‘tkazuvchanlikni laboratoriya sharoitida aniqlash uchun
tuproq teshiklari har xil kattalikdagi elakchalardan o‘tkazilib, diametri 2-3
sm, balandligi 50-100 sm li shisha naylarga to‘ldiriladi.
Bunda trubkani yuqorisidan berilgan (ma’lum miqdordagi) suvning
trubkadagi harakatini kuzatish bilan olib boriladi.
Erlarga meliorativ nuqtai nazardan baho berishda tuproq qatlamlari
buzilmagan holatda uning suv o‘tkazuvchanligini o‘rganish juda katta
4
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Quyida PVN apparati yordamida suv
o‘tkazuvchanlikni o‘rganish uslubi beriladi. PVN apparatining umumiy
tuzilishi (22-rasmda) va ish vaqtidagi ko‘rinishi (23-rasmda) berilgan.
Apparatda 2 ta mariotta tipidagi bochkachalar (hajmi 6,0 l) uning
pastki tomonida 2 ta jo‘mrakcha (bir jo‘mrakchadan havo kirsa,
ikkinchisidan suv tushadi) bo‘ladi. Jo‘mrakchalar tajriba davomida
avtomatik usulda suv tushib turishini ta’minlaydi. Bundan tashqari
apparatda har xil diametrli 2 ta doirasimon silindr hamda bochkachalarni
o‘rnatish uchun shtativ bo‘ladi. Apparatda uchinchi (6,0 l hajmdagi)
bochkacha tajriba davomidagi navbatchi bochkacha rolini o‘ynaydi.
Ish tartibi. Buning uchun maxsus maydon tanlanadi (odatda, bu
tajriba DNS o‘rganiladigan statsionar maydonchada “fizik tokchada” olib
boriladi) uning yuzasi yaxshilab tekislanadi. So‘ngra tekislangan yuzaga
eng oldin kichik diametrdagi silindr (d=22,5 sm), (tuproqqa silindrning
4 Dalada suv o’tkazuvchanlikni aniqlaydigan Nesterov apparati.
159