Page 169 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 169

tuproqning  qaysi  qalinlikdagi  qatlami  suv  bilan  band  bo‘lishi  hamda
            suvning bu transformatsiyasida pastga oquvchi yoki yuqoriga ko‘tariluvchi

            suvlarning qaysi biri ustun bo‘lishi, suvning kirimi va sarfiga qarab, tuproq
            suv  rejimining  to‘rtta  asosiy  tipini  aniqladi;  Bular  yuviladigan,  davriy
            yuviladigan,  yuvilmaydigan  va  terlaydigan  suvlar.  A.A.Rode  suv  rejimi

            klassifikatsiyasini  yanada  rivojlantirib,  unga  muzlagan  suv  rejimi  va
            irrigatsion suv rejimi tiplarini qo‘shdi.
                   Yuviladigan  suv  rejimi  -  o‘rmonzor  viloyatlarga  xosdir,  bu  erda

            yog‘in  miqdori  bug‘lanishga  qaraganda  ko‘p.  Shuning  uchun  tuproq
            sernam bo‘ladi, bu esa nurash va tuproq payhon bo‘lish jaryonida vujudga
            keladi  harakatchan  mahsulotlarning  ustki  gorizontlardan  pastga  yuvilib
            tushishiga  sababchi  bo‘ladi.  Bu  rejimda  tuproq-gruntning  juda  katta

            qatlamida  yog‘in-sochin  suvining  transformatsiyasi  kuzatiladi.  Xarakterli
            tomoni shuki, tuproqning vertikal profilida bir yil emas, balki ko‘p yillar
            davomida  pastga  oquvchi  suvlar  ustunlik  qiladi.  Tuproq  qatlamidagi

            namlik  ko‘rsatkichi  uning  yuqori  qismida  o‘simliklarni  so‘lish  namligi
            darajasiga yaqin kelmaydi. Bu suv rejimi o‘ziga xos tuproq tipini – podzol
            yoki  podzollashgan  tuproqlarning  shakllanishida  eng  asosiy  omil
            hisoblanadi.

                   Davriy  yuviladigan  suv  rejimi  -  o‘rmon-dasht  va  dashtlardagi
            tekisliklarning past erlaridagi ishqorsizlangan qora tuproqlar, o‘tloqi qora
            tuproq va o‘tloqi kashtan tuproqlar uchun harakterlidir. Bu rejimda tuproq

            bahorda va yozning birinchi yarmida qor va yomg‘ir suvlari shuningdek,
            atrofidagi balandliklardan oqib kelgan suvlar ta’sirida chuqur namlanadi.
            Er  betidagi  suvlar,  ko‘pincha,  sizot  suvlarga  borib  qo‘shiladi  va  davriy

            ravishda  tuproqning  chuqur  qisminigina  ishqorsizlantiradi.  Qurg‘oqchil
            issiq  oylarda  suv  ko‘tariladi.  Bu  suv  rejimida  ham  sizot  suvlari
            chuqurligigacha  bo‘lgan  qatlam  ishtirok  etadi.  Tuproq  vertikal  profiliga

            namlik  ko‘rsatkichi  to‘la  nam  sig‘imi  darajasidan  o‘simlikni  so‘lish
            namligi ko‘rsatkichi o‘rtasida tebranib turadi. Umuman olganda, kuz, qish,
            bahor  fasllarida  to‘plangan  suv  jamg‘armasi  madaniy  o‘simliklarni
            vegetatsiyasi davomida etarli miqdorda suv bilan ta’minlaydi.

                   Yuvilmaydigan  suv  rejimida  -  dasht,  quruq  dasht  va  cho‘l
            zonalaridagi  sizot  suvlari  chuqurda  joylashgan  hamda  ularning  tuprog‘i
            quruq iqlimli tuproqlarga xosdir. Bu suv rejimida tuproq qatlami boshdan

            oyoq  namlanmaydi.  Tuproqlar  yog‘in  miqdoriga  qarab,  cho‘llarda  10-40
            sm dan bo‘z tuproqli zonada 1-2 m gacha va qora tuproqli zonada 2-4 m
            gacha  namlanadi.  Umuman,  bu  suv  rejimida  qatnashgan  suvlar  sizot
            suvlari bilan birlashmaydi.

                                                            164
   164   165   166   167   168   169   170   171   172   173   174