Page 166 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 166
Katta silindrga bochkachalarni o‘rnatishga mo‘ljallangan shtativ
gorizontal holda o‘rnatiladi. Shtativ ustiga esa bochkachalar joylashtiriladi.
Bunda suv bilan to‘ldirilgan bir bochkacha jo‘mraklari bilan o‘rta (kichik)
silindr ichida ikkinchi bochkacha esa boshqa (katta) silindr ichida bo‘ladi.
Daftarga eng oldin suv sarfini yozib borish uchun kuzatish va vaqtining
birinchi soatida 2 martadan har 5, 10 va 15 minutlarda hisobga olish
tavsiya etiladi. Agarda suvning sarfi juda ko‘p bo‘lsa bu vaqtlarni 3, 5, 10
minutlarga tushirish mumkin. Lekin, bunday vaqtda ham kuzatishning
birinchi soati hisobga olinib, u hisob olinadigan vaqtlarga qarab to‘g‘ri
taqsimlanishi shart, chunki tuproqning suv o‘tkazuvchanlik tezligi bilan
birinchi soatda ketgan umumiy suv miqdori hisoblanadi. Keyingi soatlarga
hisob olishni 30 va 60 minutlargacha uzaytirish mumkin.
Shundan so‘ng suv o‘tkazuvchanlik aniqlanadi. Buning uchun eng
oldin suv bilan har qaysi silindrning 10 sm li belgilangan qalinligida suv
qatlamini vujudga keltirib darhol bochkachani suv keladigan jo‘mragini
ochamiz. Bochkachaning ikkinchi havo kiradigan jo‘mrakchasi esa dastlab
suv sathi ustiga tegib turishi lozim. Berilgan suv tuproqqa singishi bilan
havo kiradigan jo‘mrakcha ochiladi va undan havo kirishi natijasida
bochkani suv tushadigan jo‘mrakchasidan suv oqib tushadi. Silindrdagi
suv sathi yana havo kiradigan jo‘mrakchani bekitguncha suv oqib turadi.
Demak, havo kiradigan jo‘mrakchaning bekitilishi Mariotta bochkachasida
muvozanatni vujudga keltiradi. Muvozanat tuproqqa shimiladigan suv
hisobiga buzilib turadi. Ma’lum vaqt ichida sarf bo‘lgan suv (ml hisobida)
bochkachadagi shkaladan foydalanib yozib boriladi. Bordi-yu,
bochkachadagi suv tamom bo‘lsa, uchinchi bochkachadan foydalaniladi.
Suvdan bo‘shagan bochkachani yana suv bilan to‘ldirib qo‘yish kerak.
Tajriba 2-3 marta takrorlanadi (8-10 soat ichida).
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi yuqorida berilgan S.V.Astapov
formulasi yordamida hisoblanadi. Olingan ma’lumotlar maxsus jadval
tariqasida yoki yuqorida keltirilgan grafik usulida ifodalanishi mumkin.
Dalada olingan ma’lumotlar quyidagi tartibda yozib boriladi:
Tartib raqami Suv sarfini hisobga Ma’lum vaqtda ketgan Suv o‘tkazuvchanlik
olish vaqti, min suv miqdori, ml tezligi, mm/min
Eslatma. Bordi-yu, suv o‘tkazuvchanlikni aniqlashda PVN apparati
bo‘lmasa, oddiy yog‘ochdan yoki temirdan yasalgan har xil kattalikdagi
kvadratlardan foydalanish mumkin. Kuzatishning hamma usulida ham
161

