Page 168 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 168
yuqori qismidagi kabelni maxsus qisqichlar yordamida maxkamlanadi.
Indikator kabel ma’lum va aniq bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, neytron
manbasini aniq chuqurlikga tushirishga yordam beradi.
Maxsus schetchik orqali neytron tezligini tuproqning namligiga
bog‘liq holda pasayishini yozib olinadi. Maxsus schetchiklardan olingan
ma’lumotlarni (25-rasm) graduirovkali grafigiga tushirilib uni yordamida
ma’lum chuqurlikdagi tuproq namligini, tuproq xajm og‘irligiga nisbatan
miqdori foiz (%) hisobida bilib olinadi.
25-rasm. Graduirovkali grafik.
Mustaqil ishlash uchun
savollar:
1. Tuproqning suyuq qismi
fizikasi deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqda qanday suv
shakllari uchraydi?
3. Tuproqning suv xossalariga
qaysi xossalar kiradi?
4. Tuproqning nam sig‘imi
nima va u necha turga bo‘linadi?
5. Tuproq suv-fizik xossalarini
dehqonchilik madaniyatiga ta’siri qanday?
6. Tuproq suv xossalari qaysi usullarda aniqlanadi?
7. Filtratsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?
8. Tuproqdagi foydali namning umumiy miqdori qanday
hisoblanadi?
9. Tuproqdagi namlik zahirasi o‘simliklarga va dala ishlariga
qanday ta’sir ko‘rsatadi?
10. Tuproq namligini neytron usulida aniqlash nimaga asoslangan?
§4.4. Tuproq suv rejimining tiplari va suv balansi
Tuproqda suvning to‘planishi, uning harakati va fizik holatining
o‘zgarishi, tuproq qatlamlarida ushlanib turilishi hamda sarfi kabi barcha
hodisalar majmuasiga - tuproqning suv rejimi deyiladi.
G.N.Visotskiy bu ko‘rsatkichni e’tiborga olib, tuproq qatlamlarida
doimiy muz qatlamining mavjudligi yoki yo‘qligi, butun yil davomida
163