Page 172 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 172

Sarflanishi
                   1. O‘rmon qiyi, o‘lik qoldiqlarni yog‘inlar bilan xo‘llanishi.

                   2. Shamol yordamida chetga olib ketilgan qorlar.
                   3. Suvning tuproqdan parlanishi.
                   4. Transpiratsiya.

                   5. Sizot suv tushgan suv.
                   Sug‘oriladigan erlar uchun kelish manbalariga sug‘orilganda berilgan
            suv miqdori ham qo‘shiladi. Suv balansi yil sayin o‘zgarib turadi.

                   Agar  yil  oxiriga  borib  suv  jamg‘armasi  musbat,  manfiy  yoki  teng
            (suv kirimi suv sarfi bilan teng) bo‘lishi mumkin.

                                §4.5. O‘zbekiston tuproqlarining suv rejimi

                   Respublikamiz MDHning eng janubida joylashganligi tufayli yog‘in-
            sochinlar miqdori yiliga o‘rtacha 80-50 mm ni tashkil etadi (bunda tog‘li
            hududlar istisno qilinadi), tuproqdan sarflanadigan suvning miqdori esa bir

            necha  barobar  ko‘pdir  (bir  yilda  1000  mm  va  undan  ortiq).  Biroq,
            O‘zbekiston  katta  geografik  kenglikda  tarqalganligi,  har  xil  landshaft
            (geomorfologiya) ga hamda o‘simliklar qoplamiga ega bo‘lganligi sababli
            xilma-xil  tuproq  tipi  va  o‘simlik  qoplamiga  ega.  Biroq,  shuni  ta’kidlash

            kerakki,  sug‘orilmaydigan  va  shartli  sug‘oriladigan  erlarni  namlaydigan
            asosiy  suv  manbai  yog‘in  sochindir.  Masalan,  tog‘  zonalaridagi  o‘rmon
            tuproqlari bahorgi  yog‘in - sochin vaqti chuqur qatlamlarigacha  (xatto 7

            metrgacha)  namlanib,  o‘simliklarning  rivojlanishi  uchun  etarli  miqdorda
            nam  zahirasiga  ega  bo‘ladi.  Bunday  sharoitda  o‘simlik  ildizi
            rivojlanadigan  qatlamdagi  (0,5  m  chuqurliqdagi)  namlik  iyul  oyining

            oxirigacha etadi.
                   Tog‘  oldi  hududlarda  yog‘in-sochin  tog‘li  hududlarga  nisbatan
            birmuncha kam bo‘lganligi sababli tuproqlarning namlanish chuqurliklari

            birmuncha kichik bo‘ladi. Bu hududlarda keng tarqalgan tipik bo‘z tuproq
            qatlamining o‘simlik ildizlari maksimal darajada tarqalgan qismda tuproq
            suvi tanqisligi may oyining oxiri, iyun oyining boshlarida keskin seziladi.
                   Past tekisliklarda och tusli bo‘z tuproqlarda, ayniqsa cho‘l mintaqasi

            tuproqlarida  yog‘in-sochin  miqdori  yanada  kamayganligi  tufayli
            tuproqlarning  namlanish  chuqurligi  20-100  sm  gacha  (ba’zida  bu
            ko‘rsatkichdan  biroz  ortiq)  bo‘ladi,  o‘simlik  o‘zlashtira  oladigan  nam

            miqdori  may  oyining  birinchi  o‘n  kunligidayoq  sarflanib  bo‘ladi,  nam
            etishmasligi  tufayli  o‘simliklar  qovjirab,  qurib  qoladi.  Shu  sababdan  bu
            erlarda  efemer  (bir  yillik)  o‘tlar  o‘sadi,  ayrim  holda  ular  hattoki  to‘liq



                                                            167
   167   168   169   170   171   172   173   174   175   176   177