Page 175 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 175
namlanish chuqurligi yog‘in miqdoriga qarab, 1,5-2,5 m atrofida o‘zgarib
turadi. Bu zonada eng ko‘p nam aprel oyida to‘planadi. Bu davrda 2 m li
qatlamdagi nam-miqdori erlarning nishabligiga, quyosh nurining er
yuzasiga tushish burchagiga qarab 567-607 mm ga etadi.
Shimolga qaragan qiyalikda tuproqdagi faol nam 286 mm ni, g‘arbga
qaragan qiyalikda esa 361 mm ni tashkil etadi.
Sentyabr oyida tuproqning ustki (2 m li) qatlamida aktiv namlik
deyarli qolmaydi. Shu paytdan boshlab o‘t-o‘lan va buta o‘simliklarning
vegetatsiya davri tugaydi.
Vegetatsiya davrida tushadigan yog‘in-sochin miqdori 255 mm
atrofida bo‘ladi. Bu esa yillik yog‘in miqdorining 37% ini tashkil etadi.
Qolgan yog‘in-sochin kuz, qish, asosan bahorga to‘g‘ri keladi. Demak,
kashtan tuproqning 2 m li qatlamida butun yoz bo‘yi o‘simlik o‘zlashtira
oladigan nam bo‘ladi.
Avgust oyida sezilarli darajada qurg‘oqchilik bo‘lib, tuproqning 30
sm li qatlamidagi nam miqdori so‘lish namligi darajasidan ham pasayib
ketadi. Bunday zonada archa daraxtlari yaxshi rivojlanadi, chunki ular
shunday suv rejimiga moslashgan bo‘ladi. Umuman, jigarrang tuproq
zonasi qalin archazorlar, butalar va bo‘liq o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan
bo‘lib, chorva uchun mahsuldor yaylov hisoblanadi. Bu zonadagi soy, dara
va tekis maydonchalarga, uncha tik bo‘lmagan qiyalik joylarga mevali
daraxtlarni ekib, yuqori hosil olish mumkin. Bunday joylarga o‘rikzor,
yong‘oqzor, olchazor, bodomzorlar tashkil etib, qimmatbaho qishloq
xo‘jalik mahsulotlari etishtirish ham mumkin.
Tog‘ oldi zonasi tuproqlarining suv rejimi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlarning suv rejimi. Sug‘orilmaydigan qo‘riq
bo‘z erlarda yog‘in-sochin tuproq namligining asosiy manbai hisoblanadi.
Namlanish chuqurligi har yili iqlim sharoitiga qarab o‘zgarib turadi.
Yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillar to‘q, tusli bo‘z tuproq 1 m
chuqurlikkacha, ko‘p bo‘lgan yillari esa 2-3,5 m dan ham chuqurroq,
namlanishi mumkin. Ko‘pgina tuproqning namlanish chuqurligi 1,5 m dan
oshadi.
Bu zonada ham tuproqda namning eng ko‘p to‘plangan vaqti aprel
oyiga to‘g‘ri keladi. Suv ayirg‘ich - do‘ngliklarda 2 m li qatlamdagi
namlik 440 mm ni tashkil etadi, nishabi shimol tomonga qaraganda
yonbag‘irlarda 470 mm nam to‘planadi. Bu davr suv ayirg‘ichdagi foydali
faol nam miqdori 180 mm ni, shimolga qaragan yonbag‘irda 290 mm ni
tashkil qiladi. O‘t-o‘lanlar suv ayirig‘ichdagiga qaraganda shimolga
170