Page 158 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 158

davom  etadi  (suv  pardalari  natijasida  tuproqning  ustki  qismi  yaltiraydi).
            Mavjud  kapillyarlarni  suv  bilan  maksimal  to‘yinishini  ta’minlash

            maqsadida  kuzatish  yana  2-3  soat  davom  ettiriladi.  SHundan  so‘ng
            kapillyar  nam  sig‘imini  aniqlash  termik  uslub  yordamida  olib  boriladi
            (gigroskopik namlikni aniqlash usuliga qaralsin).

                   To‘liq nam sig‘imi (TNS) ni aniqlashni KNS aniqlangan naylarda
            davom  ettirish  mumkin.  Buning  uchun  KNS  aniqlash  o‘rtacha  namuna
            olingandan so‘ng shu naylar yana idishdagi suvga qayta to‘yintirish uchun

            qo‘yiladi. Endi idishdagi suv qatlami naydagi tuproq balandligi bilan teng
            bo‘lishi  lozim.  Buning  sababi  tuproqda  butun  g‘ovaklarni  suv  bilan
            to‘lishini  ta’minlashdir.  Tuproqda  to‘la  nam  sig‘imini  hosil  qilish  uchun
            naylarni ertalabgacha qoldirib ketish mumkin. Ertasi kuni TNS ni termik

            uslub yordamida aniqlash mumkin.
                   KNS va TNS ni aniqlash va hisoblash tuproqda namlikni o‘rganish
            usulida olib boriladi.

                   [TNS] ni quyidagi formula orqali hisoblash ham mumkin.
                                              TNS%=         Р      100 yoki    Р
                                                          100dv             dv
                   Bu erda,
                   TNS – to‘la nam sig‘imi, tuproq vazniga nisbatan % hisobida;

                   R – tuproqning umumiy g‘ovakligi, % hisobida;
                                                                  3
                   dv – tuproqning hajm og‘irligi, g/sm .
                   Misol: tuproqning umumiy g‘ovakligi (R) 0-20 sm li qatlam uchun

                                                                           3
            58% ga teng. Uning hajm og‘irligi esa 1,30 g/sm . Bunda
                                          TNS% =      58    44 6 ,  %ga teng bo‘ladi.
                                                       3 , 1
                   TNS  ni  hisoblash  yo‘li  bilan  ifodalaganda  biz  shu  narsaga  e’tibor
            berishimiz lozimki, tuproq to‘la nam sig‘imi holatida unda mavjud bo‘lgan

            hamma  g‘ovakliklar  suv  bilan  band  bo‘lardi,  ya’ni  tuproq  deyarli  ikki
            qismdan (qattiq va suyuq) iborat bo‘lib qoladi. SHuning uchun ham TNS
            miqdor  jihatdan  umumiy  g‘ovakliklar  miqdorining  hajm  og‘irligiga

            bo‘linmasiga teng bo‘ladi.

                             Suv harakatchanligini Sekera uslubida aniqlash


                   Buning  uchun  eng  oldin  gipsli  so‘rg‘ichlar  (gipsovыe  vsasыvateli)
            tayyorlash lozim. Bu so‘rg‘ichlar quyidagicha tayyorlanadi. Balanligi 5-7
            sm,  diametri  4-5  sm  li  yaxshi  berkitiladigan  (qopqog‘i  bor)  alyumin

            stakanchalar  olinadi  va  bu  stakanchalarning  tagi  maxsus  burg‘ular

                                                            153
   153   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163