Page 107 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 107

IV - BOB. TUPROQNING SUV VA HAVO XOSSALARI

                                    §4.1. Tuproq suvi va uning shakllari


                   Tuproqning  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri  –  tuproq  suvi
            hisoblanadi. Tuproqning paydo bo‘lishida, uning genetik qatlamlarida har
            xil  mineral  va  organik  elementlarning  to‘planishi  yoki  harakatlanishida,

            ikkilamchi  loyli  minerallarning  vujudga  kelishi  va  boshqa  jarayonlarda
            tuproq tarkibidagi suvning roli juda kattadir.
                   Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tuproq tarkibidagi suv
            muhim  ahamiyatga  ega.  SHuning  uchun  ham  tuproq  suv  rejimini

            boshqarish  madaniy  ekinlar  hosildorligini  oshirish  nuqtai  nazaridan
            dehqonchilikdagi bosh masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
                   O‘tgan asrda V.V.Dokuchaev asos solgan ilmiy tuproqshunoslik fani

            tuproq  tarkibidagi  suv  (gidrologiya)  masalalarini  e’tiborsiz  qoldirmaydi.
            Bu  masalalarni  yoritish  oldindan  qilingan  tajribalarga  asoslandi.
            Dokuchaev tuproq gidrologiyasini ilmiy tuproqshunoslik fanining tarkibiy
            qismi deb hisobladi.

                   Darhaqiqat,  V.V.Dokuchaev  qurg‘oqchilikka  qarshi  kurashish
            muammolarini  echishda,  tuproq  suv  rejimiga  alohida  e’tibor  berdi.  U
            o‘zining  “Nashi  stepi  prejde  i  teper”  (1891  yil)  asarining  oxirgi

            “Rossiyaning  suv  xo‘jaligini  tartibga  solish  usullari”  bo‘limida  qor
            qatlamini  o‘rganish,  tuproqning  muzlash,  erish  chuqurligi  va  harakterini
            o‘rganish, sizot suvlari tarkibini o‘rganish kabilar qurg‘oqchilikni bartaraf

            qilishda muhim ekanligini ko‘rsatib o‘tdi.
                   V.V.Dokuchaev  asos  solgan  tuproq  gidrologiyasini  keyinchalik
            uning  shogirdlari  -  G.N.Vыsotskiy,  N.P.Adamov,  A.A.Izmailskiylar

            davom ettirdilar.
                   Tuproq  gidrologiyasi  rivojining  yangi  bosqichi  A.F.Lebedevning
            “Pochvenniy i gruntoviy vodi” (1919) asari bilan boshlandi. Bu asar juda
            ko‘p  original  materiallarga  boy  bo‘lib,  bunda  tuproq  tarkibidagi  suvga

            qarashli ko‘p masalalar yoritilgan.
                   A.F.Lebedev fikricha, tuproq tarkibidagi suv harakatida molekulyar
            kuch  (absorbsion  va  sorbsion  kuchlar  -  Rode)  asosiy  o‘rinni  egallaydi.

            Vaholanki, Lebedevga qadar olimlar tuproq tarkibidagi suvning harakatida
            birinchi  o‘rinni  kapillyar  kuchga  ajratgan  edilar.  Lebedevning  bu
            kashfiyoti  faqatgina  tuproqshunoslikkagina  emas,  balki  gidrogeologiya,
            gruntshunoslik kabi fanlarga ham kirib bordi va uzoq saqlandi.

                                                            102
   102   103   104   105   106   107   108   109   110   111   112