Page 106 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 106

kolba gorizontal harakatlanuvchi avtomat chayqatgichda 2 soat davomida
            (minutiga  180-200  marta)  chayqatiladi.  Chayqatish  tugagach  kolbalar

            tindiriladi.  Bundan  keyingi  ishlarning  hammasi  xuddi  mexanik  tahlilni
            bajarish  usulidagidek  olib  boriladi,  ya’ni  bo‘tqali  suspenziya  1  litrli
            silindrga  o‘tkazish  vaqtida  unda  1,0-0,25  va  0,25-0,1  mm  li  zarrachalar

            elakchalar  orqali  ajratib  olinadi,  qolgan  zarrachalar  guruhi  esa  mexanik
            tahlilda  bajariladigan  ishlar  singari  amalga  oshiriladi.  Bu  tahlilning
            mexanik tahlildan farqi shundan iboratki, mexanik zarralarga hech qanday

            kimyoviy  eritmalar  ta’sir  qilmaydi,  balki  faqat  suv  ishtirokida  mexanik
            ta’sir qilish orqali suvda buzilmay qolgan mikroagregatlar aniqlanadi. Bu
            uslub yordamida biz, 0,25 mm dan kichik hamda suvga chidamli bo‘lgan
            0,25-0,1,  0,1-0,005,  0,005-0,002  va  0,001  mm  dan  kichik  zarralarni

            aniqlaymiz. Tahlil natijasini hisoblash va uni yozish tartibi mexanik tahlil
            qismida berilgan.


                   Mustaqil ishlash uchun savollar:
                   1.  Tuproq strukturasi deganda nimani tushunasiz?
                   2.  Tuproq  strukturasi  klassifikatsiyasini  qaysi  olim  tomonidan
            tuzilgan?

                   3.  Tuproq strukturasi necha tip va turga bo‘linadi?
                   4.  Suvga  chidamli  agregatlarning  miqdoriga  qarab  tuproqni
            baholash shkalasi qaysi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan?

                   5.  Tuproq strukturasining buzilish sabablariga nimalar kiradi?
                   6.  Tuproq  strukturasini  tiklash  sharoitlari  va  usullari  haqida
            nimalarni bilasiz?

                   7.  Tuproq  strukturasini  tiklashning  sun’iy  tadbirlarga  nimalar
            kiradi?
                   8.  Tuproqning agregatlik holati qanday aniqlaniladi?

                   9.  Tuproqning  suvga  chidamli  agregatlarini  qaysi  usullarda
            aniqlaniladi?
                   10. Tuproqlardan qishloq xo‘jaligida strukturaning ahamiyati?


















                                                            101
   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110   111