Page 109 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 109
bir xil emas. Natijada tuproqda bu kuchlarning gradienti hosil bo‘ladi va
tuproq suvi shu gradient yo‘nalishi ta’sirida xohlagan tomonga harakat
qilishi mumkin. Tuproq suviga hech qanday kuch ta’sir qilmasa, tuproq
ertami kechmi suvsiz bo‘lib qoladi. Lekin, gravitatsion kuchga sorbsion va
menisk kuchlar qarama-qarshi turadi. Sorbsion kuchlar tuproq zarrachalari
yuzasida molekulyar suvlarni bog‘lashga harakat qiladi va suvning
orientirlangan molekulalaridan tashkil topgan suv qobig‘ini hosil qiladi.
Bu suv qobig‘i qalinligi oshishi bilan sorbsion kuchlar kamayib boradi,
natijada sorbsion kuchlar juda kamayib ketadi va tuproq eritmasini
gravitatsion oqib ketishidan saqlab qola olmaydi.
Kapillyar (menisk) kuchlarning sorbsion kuchlardan asosiy farqi ular
suvning alohida molekulalariga doimiy ta’sir etib, tuproq zarrachasi
atrofida orientatsiyalashgan suv molekulasi qatlamini vujudga keltirishidir.
Kapillyar kuchlar esa menisk yuza qatlami orqali suvning alohida
molekulalaridan tashkil topgan katta qalinlikdagi (orientatsiyada
bo‘lmagan) suv qatlamiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Tuproq eritmasining osmotik bosimi orqali o‘lchanadigan (bu
kuchning manbai ham shu eritma hisoblanadi) osmotik kuchlar
gravitatsion kuchlarga qarama - qarshi tura olmaydi, unda saqlangan
tuzlarning hammasi eritma (tuproq suvi) bilan pastga butunlay oqib ketadi.
Tuproq namligiga bu kuchlarning miqdor jihatdan ta’sirini ifodalash
uchun alohida uslub qo‘llash kerak. Tuproq namligining termodinamik
potensiali shunday uslub hisoblanadi. Yuqoridagi kuchlar ta’siri ostida
bo‘lgan tuproq namligi bu kuchlar bilan muvozanatga kelishga harakat
qiladi. Biroq, bunday muvozanat faqatgina laboratoriya tajribalaridagina
bo‘ladi. Tabiatda muvozanatni saqlashga to‘sqinlik qiladigan bir qancha
hodisalar bor. Quyosh nuri energiyasi o‘zining uch xil (sutkalik, yillik,
ko‘p yillik) ritmi orqali yuqoridagi muvozanatga to‘sqinlikning asosini
tashkil etadi.
Quyosh nuri energiyasi tuproqqa singadi, uning ichida harorat
gradienti hosil qiladi, u esa o‘z navbatida tuproq eritmasining harakatiga
sabab bo‘ladi. Quyosh nuri energiyasi desuksiya va tuproq namligining
parchalanishiga sabab bo‘ladi, bu esa tuproq namligini harakatga
keltiradigan sorbsion va menisk kuchlarining gradientini yuzaga keltiradi.
Shunday qilib, tuproqning qattiq va suyuq qismi orasida bo‘ladigan
o‘zaro munosabat suvning xilma-xil shakllari va ularning harakatini
vujudga keltiradi. Bu harakatning hammasi gravitatsion kuch maydonida
quyosh nuri energiyasi ta’siri ostida bo‘ladi.
104