Page 108 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 108

1948 yilda S.I.Dolgov “Issledovaniya podvijnosti pochvennoy vlagi i
            eyo  dostupnosti  dlya  rasteniy”  asarini  nashr  etdi.  Bu  asarda  muallif

            A.F.Lebedev konsepsiyasiga qarama-qarshi tuproq suv harakatida birinchi
            o‘rinda kapillyar (menisk) kuchlar turadi, deb hisoblaydi.
                   A.A.Rode “Osnovi ucheniya o pochvennoy vlage” asarida ko‘pgina

            ma’lumotlarni,  shuningdek,  shaxsiy  eksperimental  materiallar  asosida
            tuproq gidrologiyasi ta’limotini muhim o‘ringa qo‘yadi. Tuproq yuzasida
            atmosfera yog‘inlarining transformatsiyasi sodir bo‘ladi. Uning bir qismi

            tuproq  yuzasidan  yuvilib  ketadi  va  boshqa  suvlarga  aylanadi,  ikkinchi
            qismi esa tuproqqa kiradi, bir qismi suv bug‘lari shaklida o‘simliklardagi
            desuksiya  va  transpiratsiya  orqali,  shuningdek,  fizik  parlanish  natijasida
            yana  atmosferaga  qaytadi,  bir  qismi  biologik  sintezda  qatnashadi  va

            organik moddalarga aylanadi, yana bir qismi esa tuproq vertikal qatlamlari
            oralab pastga oqib sizot (eyr osti) suvlarini vujudga keltiradi.
                    Shunday qilib, eyr yuzasiga tushgan atmosfera yog‘ini tuproqda suv

            bug‘i,  tuproq  tarkibidagi  suvlar,  sizot  suvi  singari  tabiiy  shakllarda
            atmosfera – tuproq – grunt – o‘simlik qoplami sistemasida transformatsiya
            qilinadi.
                   O‘simliklarni  suv  bilan  ta’minlanganligi,  tuproqning  umumiy

            namligi bilan emas, balki u yoki bu miqdorda o‘simlik qabul qila oladigan
            shakldagi suv miqdori bilan o‘lchanadi. Bu esa tuproqning suv - fizik yoki
            suv  xossa  -  xususiyatlari  orqali  aniqlanadi.  Bunday  xususiyatlarga

            tuproqning  suv  sorbsiyasi,  suv  o‘tkazuvchanligi,  suv  saqlay  olish
            xususiyatlari hamda uning kapillyarlik qobiliyati kiradi.
                   Tuproqdagi suv shakllari va uning harakatlanishidan mineral hamda

            mexanik elementlardan tashkil topgan tuproqning qattiq fazasi asosiy rol
            o‘ynaydi.
                   Tuproq  zarrachalari  ma’lum  solishtirma  yuzaga  hamda  yuza

            energiyasiga ega bo‘lganligi bu zarrachalar atrofida ma’lum miqdorda suv
            molekulalarining yutilishi (sorbsiyasi) ga sabab bo‘ladi.
                   Tuproqdagi suvlarni saqlashda sorbsion va kapillyar kuchlar asosiy
            o‘rinni  egallaydi.  Bu  ikki  xil  kuchlardan  tashqari  yana  tuproq  suvida

            osmotik  bosim  bilan  o‘lchanadigan  osmotik  kuch  ham  bor.  Osmotik
            kuchning  asosiy  xususiyati  shundan  iboratki,  uning  manbai  tuproq
            tarkibidagi  suvning  o‘zida  bo‘ladi.  Sorbsion,  menisk,  osmotik  kuchlar

            gravitatsion maydonda ta’sir etadi. Uning kattaligi va yo‘nalishi doimiydir.
            Qolgan uchta kategoriya kuchlar tuproqning o‘zida bo‘lib, uning kattaligi
                                                                                        2
            noldan katta ko‘rsatkichgacha (sorbsion kuch to 10 din/sm gacha) bo‘ladi.
            Bu holda yuqoridagi kuchlarning kattaligi tuproqning har xil nuqtalarida

                                                            103
   103   104   105   106   107   108   109   110   111   112   113