Page 104 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 104

ko‘rsatkichining  teng  yarmi  olinadi.  Mana  shu  tarzda  analitik  tarozida
            tortib olingan tuproq (agregatlar) namunasi ¾ qismi suv bilan to‘ldirilgan

            bir litrli silindrga sekin-asta solinadi va 10 minut davomida tinch qo‘yiladi.
            Bu  vaqt  ichida  tuproq  agregatlaridagi  havo  batamom  suv  bilan  o‘rin
            almashadi. SHundan so‘ng silindr suv bilan to‘ldiriladi, og‘zi shisha bilan
                                                         0
            berkitilib  asta-sekinlik  bilan  180   aylantiriladi.  Bunda  silindr  tagidagi
            agregatlar batamom pastki qismga (silindr og‘zi tomon) o‘tadi. Bu jarayon
            10  marta  takrorlanadi.  So‘ngra  silindrdagi  bo‘tana  chelakdagi  suvga

            botirilib qo‘yilgan elakchalarga tezda quyiladi. Suv yuqori elakchadan 5-7
            sm ko‘tarilib turishi va silindrga havo kirib qolmasligi lozim. Elakchalar
            chelakdagi  suv  ichida  quyidagi  tartibda  5,  3,  2,  1,  0,5,  0,25  mm
            joylashtirilishi kerak. Silindr suvda 40-50 sekund ushlab turilgandan so‘ng

            qimirlatmay  (og‘zi  yopiq  holda)  elakchalar  to‘plami  ustidan  olinadi.
            So‘ngra elakchalarni bir-biridan ajratmasdan suvda turgan vaqtda yuqoriga
            ko‘tarish va pastga tushirish yo‘li bilan 10 marta chayqatiladi. So‘ngra har

            qaysi  elakchada  qolgan  agregatlar  aniqlanadi.  Buning  uchun  esa  bu
            kattalikdagi elakcha ostki elakdan asta (suv ichida) ajratib olinadi va unda
            qolgan agregatlar suv bilan katta chinni piyolaga yuvib tushiriladi. So‘ngra
            ortiqcha suvi to‘kilib tashlagach, agregatlar og‘irligi aniq bo‘lgan boshqa

            chinni  piyolachaga  yoki  alyumin  byuksga  o‘tkazilib,  u  bug‘latish  uchun
            qo‘yiladi.  Suyuqlik  batamom  bug‘lanib  bo‘lgandan  so‘ng  qoldiq
                                                     0
            termostatda  quritiladi  (100-105 S  atrofida)  va  analitik  tarozida  tortiladi.
                                                                                     2
            SHu tarzda qolgan elakchadagi agregatlar to‘plab olinadi .
                  Agregatlarning foiz miqdori oddiy proporsiya yo‘li bilan aniqlanadi.
            Masalan, 50 gramm tuproqda 2-1 mm li agregatlar 5 gramm bo‘lsa, uning

            foiz miqdori quyidagicha bo‘ladi:
                                                        50 g – 100
                                                          5 g – x

                                                  X=   5 100    500   10 %
                                                         50      50

                   D.G.Vilenskiy uslubi orqali agregatning suvga chidamli holatini
            aniqlash.  Tuproqning  agregatlik  holatini  o‘rganish  va  uning  suvga
            chidamlilik darajasiga qarab baho berish tuproqning yog‘in-sochin suvlari

            ta’sirida  yuvilish  tezligini  aniqlashda  hamda  ayrim  agronomik  tadbirlar
            ishlab  chiqishga  yordam  beradi.  Bunday  ma’lumotlar,  ayniqsa,



                2  Silindrdagi bo‘tqani diametri 0,25 mm dan kichik bo‘lgan agregatlarni pipetka yordamida topish
            mumkin. Ishlash tartibi tuproqning mexanik tarkibini tahlil qilish usuli kabi olib boriladi.

                                                             99
   99   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109