Page 103 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 103
Tahlilning bu qismida biz tuproq tarkibida uchraydigan har xil katta-
kichiklikdagi agregatlarni ajratib olish bilan cheklanamiz. Bu ma’lumotlar
asosida biz tuproqning tabiiy holatiga baho berish imkoniyatiga ega
bo‘lamiz. Agregatlarni agronomik nuqtai nazardan baholash uchun esa
ularni suvga chidamlilik xossasini o‘rganish lozim, bu xaqda keyingi
bo‘limlarda bayon etiladi.
Suvga chidamli mikroagregatlarni aniqlash. Buning uchun
struktura tahlilidan so‘ng tuproq agregatlarining foiziga munosib ravishda
analitik tarozida 50 g tuproq tortib olinadi. Bunda quyidagi formuladan
foydalaniladi:
R= a 50 ;
100
bu erda,
R-zarracha og‘irligi, g hisobida;
a-strukturali tahlil vaqtida (elashda) chiqqan agregat, foiz hisobida;
50-tahlil uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha namuna, g hisobida.
Quyida o‘rtacha namuna olishning taxminiy hisobi e’tiboringizga
havola qilinadi:
Zarrachalar kattaligi, Quruq elashda chiqqan Tahlil uchun olinadigan
mm da zarrachalar, % hisobida tuproq namunasi,
g hisobida
> 10 2 1,0
10-7 16 8,0
7-5 10 5,0
5-3 8 4
3-2 8 4
2-1 10 5,0
1-0,5 6 3,0
0,5-0,25 12 6,0
< 0,25 28 14,0
Jami 100 50
Keltirilgan taxminiy hisobdan ko‘rinib turibdiki, tahlilga o‘rtacha
namuna olish uchun har qaysi kattalikdagi agregatlarning foiz miqdori
98

