Page 102 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 102
Tuproqning agregatlik holatini aniqlash. Tuproqning agregatlik
holati - uning unumdorligini ko‘rsatuvchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan
hisoblanadi. Agronomik nuqtai nazardan eng qimmatli struktura - diametri
0,25 mm dan 10 mm orasida bo‘lgan agregatlar hisoblanadi. Bunday
agregatlarning mavjudligi tuproqda suv harakatini, havo almashinuvini
normal kechishini va oziq moddalarning o‘simlik uchun qulay bo‘lishini
ta’minlaydi. Quyida biz hozirgi vaqtda laboratoriyalarda eng ko‘p
tarqalgan tuproqning makro va mikroagregatlarini hamda agregatlarning
suvga chidamligini aniqlash uslublarini keltiramiz. Tuproq
makrostrukturasining suvga chidamliligini N.I.Savvinov uslubi yordamida
aniqlash. Bu uslub 2 qismdan iborat:
1) tuproqni tahlilga tayyorlash;
2) suvga chidamli agregatlarni aniqlash.
Tuproqni tahlilga tayyorlash. Daladan tahlil uchun olib kelingan
tuproq namunasi (2000-2500 g) laboratoriya sharoitida havo quruqligi
darajasigacha quritiladi. Agarda olingan o‘rtacha namunada 2 sm dan katta
bo‘lgan tuproq agregatlari uchrasa, ularni qo‘l bilan sekin uvalash kerak.
So‘ngra teshiklari 10, 7, 5, 3, 2, 1, 0,5, 0,25 mm li elakchalar to‘plamidan
(oxirgi 0,25 mm li elakcha osti bekilgan bo‘lishi kerak) o‘tkaziladi. Tuproq
elakchalardan oz-ozdan (taxminan 150-200 g) o‘tkaziladi. Bunda elakni
bir oz silkitib elash maqsadga muvofiqdir. Tahlil uchun olingan tuproq
batamom elangandan so‘ng har qaysi elakchalarda qolgan agregat
bo‘laklari alohida-alohida o‘lchanadi va ularning foiz miqdori quyidagi
formula bo‘yicha hisoblanadi:
X= a 100 % ,
в
bu erda,
X-ma’lum kattalikdagi agregat miqdori, % hisobida;
a-ma’lum diametrli elakchada qolgan agregat, g hisobida;
v-tahlil uchun olingan tuproq namunasi, g hisobida.
Masalan, olingan 2000 gramm tuproqda 10-7 mm li agregat 150
gramm bo‘lsa, uning % miqdori esa quyidagicha topiladi.
2000-100
150-x
X= 150 100 1500 5 , 7
2000 2000
97