Page 98 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 98
tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra dala nam sig‘imining (DNS) 65-75 %
ni tashkil etadi.
Tuproq strukturali holatini tiklashning asosiy yo‘llaridan biri uni
gumus moddalari bilan boyitishdir. Tuproq gumusi tarkibidagi turli
organik kislota (gumin, fulvo va boshqa) lar tuproq zarrachalarini bir-
biriga yopishtiruvchi modda rolini o‘ynaydi. Agarda gumus kislotalari
kalsiy, magniy, qisman temir yoki alyuminiy tuzlari holida tuproq
zarrachalarini yopishtirsa, bunday holda haqiqiy suvga chidamli va g‘ovak
strukturalar hosil bo‘ladi. Tuproqni organik moddalarga boyitish uchun
unga ko‘p miqdorda mahalliy o‘g‘itlar solish talab etiladi.
Tuproq strukturasini tiklash uning kimyoviy xususiyatini yaxshilash
bilan ham amalga oshiriladi. Sho‘rtob yoki podzol tuproqlar bunga misol
bo‘lishi mumkin. Bunday tuproqlarning singdirish kompleksida vodorod,
natriy bo‘lib, bunday elementlar ishtirokida nordon yoki ishqoriy muhit
paydo bo‘lishidan tashqari suvga juda chidamsiz struktura hosil bo‘ladi.
Shuning uchun ham bunday tuproqlarning strukturali holatini yaxshilash
maqsadida erga ohak yoki gips solinadi. Bu tuzlar tarkibidagi ikki valentli
kalsiy tuproqning singdirish kompleksidagi bir valentli elementlar o‘rnini
oladi. Bu jarayonning bir necha bor qaytarilishi nordon va sho‘rtob
tuproqlarning strukturali holatini yaxshilaydi.
Tuproqni strukturali qilishning yana bir muhim tadbiri – shu mintaqa
ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘t-dalali almashlab ekish tizimini joriy
etishdir. SHu maqsadni nazarda tutib, har qaysi mintaqa sharoitiga to‘g‘ri
keladigan ko‘p yillik dukkakdosh o‘tlar (beda, yo‘ng‘ichka) va bir yillik
o‘tlar (arpa, bug‘doy, makkajo‘xori, oq jo‘xori va boshqalarni) almashlab
ekiladi. Ko‘p yillik o‘tlar serildiz bo‘lganligidan erda gumus hosil qiluvchi
organik qoldiq ko‘p to‘planadi va tuproqning ustki qatlamida suvga
chidamli donador struktura hosil bo‘ladi (25-jadval).
O‘rta Osiyo fermer xo‘jaliklarida va ilmiy-tekshirish tashkilotlarining
dala sharoitida olib borilgan ko‘p yillik tajribalarining yakunlari asosida
quyidagi xulosalarga kelindi:
ko‘p yillik o‘t ekinlari (ayniqsa, beda) ni ekish hamda erlarga
go‘ng solish tuproq strukturasini yaxshilaydi;
uch yillik bedadan keyin paxta ekishning birinchi yilidayoq har xil
tur va tipdagi tuproqlarda suvga chidamli makroagregatlarning
miqdori ko‘payadi va paxta hosili oshadi;
93