Page 96 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 96
hamda eng yaxshi koagulyator hisoblangan kalsiy kationini siqib
chiqaradi. Erga solingan (NH4NO3) o‘g‘iti tarkibidagi ammoniy
tuproqdagi karbonatlar bilan reaksiyaga kirishib, ammoniy karbonat
[(NH4)2CO3] hosil qiladi. Ma’lumki, bunda siqib chiqarilgan kalsiy kationi
tuproqdan yuvilib ketadi. Bundan tashqari, tuproqni ammoniy sulfat
[(NH4)2SO4] singari fiziologik kislotali va natriy nitrat NaNO3 kabi
fiziologik ishqorli mineral o‘g‘itlar bilan bir necha yil surunkasiga
o‘g‘itlash tuproq strukturasining buzulishiga olib kelishi turgan gap.
4. Tuproqdagi biokimyoviy jarayonlar: gumus hosil bo‘lishi,
aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) bijg‘ish (chirish) katta ta’sir
ko‘rsatadi. CHunki, tuproq mexanik zarrachalarini bir-biriga mahkam
yopishtirib turgan gumus moddalari mikroorganizmlar ta’sirida aerob
sharoitda batamom parchalanishi natijasida tuproqlarda gumus miqdori
kamayadi, bu esa asta-sekin tuproq strukturasining buzilishiga sabab
bo‘ladi. SHu bois, tuproqda mikrobiologik jarayonlarni optimal bo‘lishi
muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, tuproqda kechadigan turli fizik-
kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarda hosil bo‘lgan suvda eruvchan
tuzlarning strukturani buzishdagi ta’siri ham juda katta hisoblanadi.
§3.3. Strukturani tiklash sharoitlari va usullari
Ma’lumki, P.A.Kostыchev, K.K.Gedroys, V.R.Vilyamslar
tomonidan struktura hosil bo‘lishining nazariy asoslari va tuproqning
agregatlik holatini (strukturasini) tiklashning agrotexnik tadbiri hamda
usullari ishlab chiqilgan.
Hozirga qadar tuproqning strukturali holatini tiklashning quyidagi
agrotexnik usullari mavjud:
tuproqqa ishlov berish;
tuproqni gumin va ulmin kislotalari bilan boyitish;
nordon (kislotali) tuproqlarni ohaklash, ishqorli tuproqlarni
gipslash;
almashlab ekish tizimini to‘g‘ri joriy etish.
Tuproqqa ishlov berish har yili qaytariladigan muhim agrotexnik
tadbir hisoblanadi. Uni amalga oshirishda insoniyat mexanik va fizik
jihatdan katta ish bajaradi. Isbot tariqasida N.A.Kachinskiyning quyidagi
taxminiy hisobini keltiramiz: butun er sharida 1 mlrd gektardan ortiq erga
dehqonchilik qilinadi. SHundan 500 mln gektar er maydoni 20 sm
91