Page 91 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 91

 O‘rta Osiyoda tuproq hosil qiluvchi ona jins (qatlami allyuviylar,

            prolyuviylar,  lesslar  va  q.k)  lar  makrostrukturali  emas.  Ammo,  allyuviy
            ho‘l qatlamli bo‘lganda, ba’zan 0,25 mm dan yirik zarrachalar uchraydi,
            ayrim  joylarda  uning  miqdori  20-30  %  ga  etadi:  ularning  ko‘p  qismi
            karbonat-gipsli  yaralmalardan  iborat.  Buni  14-rasmda  keltirilgan

            ma’lumotlardan  aniq  ko‘rish  mumkin.  SHunday  qilib,  makrostruktura
            O‘rta  Osiyo  sug‘oriladigan  tuproqlari  uchun  hosil  bo‘lish  jarayonida
            vujudga kelgan mahsuldir.

                    Sug‘oriladigan  tuproqlarning  strukturasini  yaxshilashga  imkon
            beradigan tadbirlar – almashlab ekishni joriy qilish, o‘t aralashmalarining
            roli,  almashlab  ekishdagi  maysazorlar  sonining  paxta  dalalariga  nisbati,

            ekin  ekishga  qadar  tuproqni  ishlash  usullari,  nihoyat  tuproqni  ishlash
            vaqtida  uning  qanday  namlikda  bo‘lishi  zarurligi  kabilar  u  yoki  bu
            darajada  suvga  chidamli  makro  va  ayniqsa,  mikrostrukturalarni  vujudga

            keltiradi.  Bu  o‘z  navbatida  undagi  suv,  havo  va  oziq  rejimini  hamda
            o‘simlik  hosildorligini  birmuncha  oshirishni  ta’minlovchi  omil  ekanligi
            isbotlandi.

                    Tuproq  strukturaligiga  doir  ma’lumotlar  tahlil  qilinar  ekan,
            makroagregatlarning  tuproqni  agronomik  jihatdan  baholash  yuzasidan
            V.R.Vilyams  belgilagan  1  mm  dan  iborat  kritik  diametrning  eng  kichik

            miqdorini 0,25 mm gacha kamaytirishga to‘g‘ri keladi, chunki 1 mm dan
            yirik  agregatlarning  ham  shu  qadar  muhim  ekanligini  o‘z  davrida  rus
            adabiyotlarida ham chet el adabiyotlarida ham qabul qilingan. Bordi-yu, 1
            mm  kattalikdagi  diametrni  kritik  diametr  deb  qabul  qilar  ekanmiz,

            MDHning Evropa qismidagi tuproqlar strukturasining mustahkamligi bilan
            O‘rta Osiyo tuproqlari strukturasining mustahkamligi o‘rtasidagi farq yana
            ham ortadi.

                   Keyingi        vaqtlarda        S.N.Rijov,        N.K.Balyabo,           P.N.Besedin,
            N.F.Bespalov,  M.U.Umarov  va  boshqalar  mikrostruktura  teshikligi  va
            grunt  qovushmasining  harakteri  sug‘oriladigan  tuproqlarda  ijobiy

            ahamiyatga ega ekanligini isbotladilar.
                  Olib  borilgan  eksperimental  tekshirishlarga  ko‘ra,  tuproqning
            mikroagregatlik  tarkibini  mexanik  tarkib  bilan  taqqoslaganda,  uning

            mikroagregatligi u qadar yaxshi bilinmaydi.
                   G.I.Pavlov  usuli  bo‘yicha  tahlil  qilishda  tuproqni  ho‘lligicha  elash
            ham  pipetka  bilan  tahlil  qilish  ham  qo‘llaniladi,  shu  sababli  bu  usul
            tuproqning strukturalilik holatini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi.





                                                             86
   86   87   88   89   90   91   92   93   94   95   96