Page 89 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 89

5 – 10       Yomon strukturali – sho‘rlanmagan sug‘oriladigan
                                                          taqir  tuproq,  sho‘rlangan  bo‘z  tuproqlar  va  cho‘l
                                                          mintaqasidagi boshqa tuproqlarga xos.
                                              < 5         Strukturasiz – yangi o‘zlashtirilgan taqirlar, cho‘l-
                                                          qumoq  kompleksida  uchraydigan  kulrang  va  taqir
                                                          erlar uchun xos.
            Tuproqning      strukturali       > 70        Eng  yaxshi  –  tipik  bo‘z  tuproqlar  mintaqasidagi
            tarkibi  (10  mm  dan  0,25                   gidromorf  tuproqlarning  strukturali  haydaladigan
            mm        gachi     bo‘lsa                    qatlamiga  xos,  bedazordagi  bo‘z  tuproqlarning
            agregatlar yig‘indisi)                        qatlami,  shuningdek  etilgan  paytda  ishlov  berilgan
                                                          engil tuproqlarga xos.
                                            60 - 70       Yaxshi – etilgan paytda ishlov berilgan bo‘z tuproq,
                                                          bedapoyadagi  tuproq  qatlami  bo‘yicha  taqir  va
                                                          mexanik  tarkibi  serloy  bo‘lgan  cho‘l  mintaqasidagi
                                                          gidromorf tuproqlarning haydaladigan qatlami uchun
                                                          xos.
                                            45 - 60       O‘rtacha  (qoniqarli)  -  bedapoya  sug‘oriladigan
                                                          bo‘z  tuproqlarining  haydaladigan  qatlami  va
                                                          mexanik  tarkibi  og‘ir  bo‘lgan  cho‘l  mintaqasi
                                                          tuproqlari uchun xos.
                                              < 45        Qoniqarsiz – bo‘z tuproqlarning kuchli zichlashgan,
                                                          quruq  haydaladigan  va  haydov  osti  qatlamlari  va
                                                          og‘ir  mexanik  tarkibli  cho‘l  mintaqasi  tuproqlari
                                                          uchun  xos  (bunday  erlar  haydalganda  60  %  loyli
                                                          ko‘chkilar vujudga keladi).

                   Prinsip  jihatdan  bu  qoida  to‘g‘ri,  lekin  O‘rta  Osiyo  tuproqlariga

            nisbatan  (A.N.Rozanov,  S.N.Rijov,  A.A.Rode)  bu  qoidaga  jiddiy
            o‘zgarishlar kiritildi.
                   Shuni  ta’kidlash  kerakki,  O‘rta  Osiyo  tuproqlarining  hech  qaysisi
            yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarga mos kelmaydi. Biroq, shunga qaramay,

            O‘rta Osiyo dehqonlari sug‘orish uchun sarflangan suv, dalalarga solingan
            o‘g‘it  va  sarf  etilgan  mehnat  evaziga  bu  erlardan  mo‘l-ko‘l  hosil
            olayotirlar. Bu ma’lumotlar yuqorida aytib o‘tilgan konsepsiya bilan O‘rta

            Osiyo sug‘oriladigan tuproqlariga nisbatan qaytadan ko‘rib chiqildi.
                   Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
                   1)  strukturalilik  kriteriysi  sug‘oriladigan  tuproqlarda  effektiv
                   unumdorlik darajasini ko‘rsatadigan belgidir;

                   1)  agregatlarning eng kichik diametri;
                   2)  suvga chidamli agregatlarni ajratib olish usuli.






                                                             84
   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94