Page 90 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 90

Paxtachilik  instituti  va  uning  regional  tajriba  stansiyalarida  hamda
            O‘rta Osiyo respublikalarining tuproqshunoslik va agrokimyo institutlarida

            olingan ma’lumotlardan quyidagi xulosaga kelindi:
                     Bo‘z  tuproqlar  mintaqasida  strukturasining  yaxshiligi  jihatidan
            o‘tloqi  tuproqlardan  keyingi  o‘rinda  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar,  undan

            keyingi o‘rinda tipik bo‘z tuproqlar va eng keyingi o‘rinda och tusli bo‘z
            tuproqlar turadi.

                     Eng past “strukturali” – tuproqlar – cho‘l mintaqasi tuproqlaridir.
            Bulardan taqirlar eng oxirgi o‘rinda turadi.
                     Bo‘z tuproqlar mintaqasida ham, sahro tuproqlarida ham gidromorf
            tuproqlarning  makrostrukturasi  shu  mintaqa  va  zonalardagi  avtomorf

            tuproqlarnikiga nisbatan suvga chidamliroq hisoblanadi.
                     O‘zbekistonning              ekinbop           tuproq         tiplari        orasida

            makrostrukturasining  suvga  chidamliligi  jihatdan  Farg‘ona  vodiysining
            tuproqlari  juda  yaxshi  hisoblanadi. Ekinzorlarning  tuproqlarini  taqqoslab
            ko‘rganda,  ular  o‘rtasidagi  farq  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Bunga
            agrotexnika  saviyasining  ta’siri  sabab  bo‘lsa  kerak.  Masalan,  O‘zPITI

            Oqqovoq  tajriba  stansiyasida  qadimdan  haydab  kelinayotgan  tipik  bo‘z
            tuproqlar haydalma qatlamida suvga chidamli agregatlar miqdori Savvinov
            usuli  bo‘yicha  aniqlanganda,  taxminan  15  %  ni  tashkil  etdi,  Farg‘ona

            vodiysida  esa  40  %  ni  tashkil  etdi;  bo‘z  tuproqlar  mintaqasidagi  ayrim
            tuproq  tiplari  boshqa  region  tuproqlari  bilan  taqqoslanganda  ham  xuddi
            shunday natija olindi.

                    Sahro  tuproqlari  ichida  eng  past  strukturali  tuproq  –  G‘arbiy
            Turkiston tuproqlari hisoblanadi.

                    Erlarni  o‘zlashtirib  ekin  eka  boshlash  ham,  qo‘llaniladigan
            agrotexnikaning saviyasi ham tuproqlarga turlicha ta’sir etadi. S.N.Rijov,
            P.N.Besedin            (sug‘oriladigan          bo‘z        tuproqlarga          doir)        va
            B.V.Gorbunovlarning  (lalmikor  bo‘z  tuproqlarga  doir)  ma’lumotlariga

            ko‘ra,  yangi  erlarni  o‘zlashtirib,  ekin  eka  boshlash  ayrim  hollarda
            makrostrukturalarning suvga chidamliligining kamayishiga sabab bo‘ladi;
            bunday  tuproqlarda  1  mm  dan  yirik  agregatlar  miqdori  keskin  kamayib

            ketadi (sahro zonasidagi tuproqlarga ekin ekila boshlaganda ham ayni shu
            ahvol yuz beradi).
                    Makrostrukturaning  suvga  chidamliligi  masalasida  haydalma

            qatlam bilan uning tagidagi qatlam o‘rtasida sezilarli farq bo‘lmaydi. O‘rta
            Osiyodagi sug‘oriladigan tuproqlar mana shu xossalari bilan MDH Evropa
            qismidagi tuproqlarning aksari tiplaridan keskin ajralib turadi.


                                                             85
   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94   95