Page 94 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 94
suvlarning va unda erigan oziq moddalarining harakatini ta’minlovchi
kapillyar teshikchalar bo‘lmaydi (24-jadval).
Strukturali tuproqda fizik xossa va rejimni ta’minlovchi – suv
o‘tkazuvchanlik, havo o‘tkazuvchanlik, katta umumiy nam sig‘imi,
jamg‘arilgan suvni saqlash qobiliyati, effektiv issiqlik rejimi kabi omillar
mavjud bo‘ladi.
Strukturasiz tuproqlarda suv va havo omillari qarama-qarshi ta’sirga
ega. Strukturali tuproqlarda esa suv va havo bir vaqtning o‘zida ishtirok
etadi.
24-jadval
Agregatlarning katta-kichikligiga ko‘ra tuproqning g‘ovakligi
(tuproq hajmiga nisbatan % hisobida, A.G.Doyarenko ma’lumoti)
G‘ovaklik Agregatlar diametri, mm da
< 0,5 0,5 - 1 1 - 2 2 – 3 3 - 5
Umumiy 47,5 50,0 54,7 59,6 62,6
Kapillyar 44,8 25,6 25,1 24,5 23,9
Nokapillyar 2,7 24,5 29,6 35,1 38,7
Darhaqiqat, agregatlarning katta-kichikligiga hamda namligiga qarab
havo o‘tkazishi tuproqdagi organik qoldiqlarni aerob va anaerob sharoitda
parchalanishi hamda ulardan har xil tarkibdagi mahsulotning hosil
bo‘lishiga olib keladi.
Tuproq strukturasi uning unumdorligini ko‘rsatuvchi eng asosiy
omillardan biri. Tuproq strukturasi faqatgina undagi suv-havo rejimiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki tuproqda mavjud bo‘lgan suv va
oziqa jamg‘armasini o‘simlikning ehtiyojiga qarab sarflanishini
ta’minlaydi. Strukturaning bu xususiyatini obrazli qilib akad. V.R.Vilyams
quyidagicha ta’riflaydi: “Tuproqdagi har bir agregat – unda mavjud
bo‘lgan oziq moddalarini bekorga sarflanishining oldini oluvchi omonat
kassadir. O‘simlik ehtiyojiga qarab agregat yuzasida mavjud bo‘lgan oziq
elementlarini oladi. Keyinchalik ildizlari bilan agregat ichidagi yangi oziq
boyliklariga etib boradi, darhaqiqat tuproq agregati suv-oziq moddasining
bekorga sarflanishiga to‘sqinlik qiluvchi katta qalqondir”.
Strukturali tuproqlar ishlov berish vaqtida ishlov berish asboblariga
kam qarshilik ko‘rsatadi, ularda plastiklik, yopishqoqlik hamda qattiqlik
kabi fizik-mexanik ko‘rsatkichlar past darajada ifodalanadi, bularning
89