Page 95 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 95

hammasi o‘z navbatida tuproqqa sifatli ishlov berishga sabab bo‘ladi va

            tuproq unumdorligining oshishiga olib keladi.
                   Shunday  qilib,  hozirgi  vaqtda  u  yoki  bu  tuproq  tipi  yoki  turining
            effektiv  unumdorligi  dastavval  uning  strukturalilik  holati  bilan

            chambarchas  bog‘liqligi  isbotlangan.  Shuning  uchun  ham  tuproq
            strukturasini  o‘rganish,  uni  saqlash,  yaxshilash  kabi  tadbirlarni  ishlab

            chiqish zarur.

                             §3.2. Tuproq strukturasining buzilish sabablari


                   Yuqorida  bayon  etilganlardan  ma’lumki,  tuproq  strukturasining

            takomillashishi  uzoq  vaqt  davomida  ro‘yobga  chiqadi  va  ko‘pdan-ko‘p
            jarayonlarga duch keladi. Biroq uning buzilishi va batamom yo‘q bo‘lishi

            uchun  uzoq  vaqt  talab  qilinmaydi.  O‘ylamasdan  qilingan  har  bir
            agrotexnik  tadbir  yoki  insoniyatning  dehqonchilik  faoliyati  tuproq
            strukturasining buzilishiga olib keladi.

                   Strukturaning buzilishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
                   1.  Mexanik  kuchlar  bunga  tuproqqa  ishlov  beruvchi  og‘ir  vaznli

            texnika vositalari va asbob-uskunalar kiradi. Bu borada qishloq xo‘jaligida
            ishlatiladigan turli texnika vositalarining dalalarda behuda qatnashlari yoki
            ularning  ekin  maydonlarida  uzoq  muddat  turib  qolishlariga  yo‘l

            qo‘ymaslik kerak.
                   2.  Agrotexnik  tadbirlarning  noto‘g‘ri  yoki  rejasiz  o‘tkazilishi.

            Masalan,  sernam  yoki  nami  qochib,  tobidan  o‘tib  ketgan  tuproqni
            shudgorlash, haydalgan erni hadeb molalash, etilmagan erlarni boronalash,
            bo‘lar-bo‘lmasga  kultivatsiya  qilish  va  boshqalar.  Ayniqsa,  bu  o‘rinda

            nishab  (qiya)  erlarni  haydash  texnikasini  buzish  mavjud  strukturani
            buzishgagina  emas,  balki  tuproq  unumdor  qismining  batamom

            yo‘qolishiga  ham  olib  keladi.  Ma’lumki,  nishab  erlarni  asosiy  shudgor
            qilish  qiyalik  bo‘yicha  emas,  balki  unga  ko‘ndalang  yo‘nalishda
            o‘tkaziladi. Katta qiyalikdagi maydonlarni haydash umuman man etiladi.

            Bunday  joylarda  tabiiy  o‘simliklarni  saqlash  yoki  maysazor-butazorlar
            bunyod etish lozim.

                   3.  Erni  sug‘orish  va  o‘g‘itlash.  Sug‘orish  suvlari  (ayniqsa,  ular  u
            yoki  bu  darajada  minerallashgan  bo‘lsa)  ta’sirida  ham  tuproq  strukturasi

            ma’lum  darajada  buziladi.  Chunki,  bu  suvlar  tuproq  tarkibidagi  suvda
            eruvchan  birikmalarni  va  tuproqqa  solingan  mineral  o‘g‘itlarni  eritadi


                                                             90
   90   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100