Page 21 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 21

0,01-0,005     1,55    0,13       1,20        35,2       45,0        9,8        31,8
                       0,005-0,001     1,92    0,21       1,11        36,1       52,3        16,2       30,1
                          0,001        3,26    0,37       0,86        50,1       75,6        25,5       35,2
                   Masalan,  maydalanmagan  chimli-podzol  tuproqlarda  (14-26  sm

            chuqurlikdan  olingan  tuproq  namunasi)  maksimal  gigroskopiklik  tuproq
            vazniga nisbatan 4,15 % ni tashkil etsa, 5 sm balandlikka ko‘tarilish uchun
            5  minut  vaqt  talab  qilinadi.  Bu  ko‘rsatkichlar  mexanik  zarrachalarning
            kattaligiga ko‘ra quyidagicha o‘zgaradi (6-jadval).


                                                                                                   6-jadval
                        Zarrachalari diametriga bog‘liq holda maksimal gigroskopiklik va

                                     kapillyar suvning ko‘tarilish balandligi

                  Zarracha diametri, mm        Maksimal gigroskopiklik, %        Kapillyar suvning 5 sm
                                                                              balandlikka ko‘tarilishi, minut
                                                                                        hisobida
                         0,1-0,05                         0,64                       Aniqlanmagan
                        0,05-0,01                         0,43                              8
                       0,01-0,005                         0,88                              9
                       0,005-0,001                        5,38                             56
                          0,001                           16,10                            875


                   Demak,  yuqorida  keltirilganlardan  aytish  mumkinki,  mexanik
            elementlar  tuproqning  xossa  va  xususiyatlarining  o‘zgarishini  ko‘rsatib

            turuvchi ko‘rsatkichdir.

                             § 1.2. Mexanik elementlarni klassifikatsiyalash

                   Tuproqning  mexanik  tarkibi  uning  unumdorligi  uchun  muhim
            ahamiyatga  ega  ekanligini  Lomonosov,  Komov,  Devi,  SHumaxer  va
            boshqa  olimlar  o‘z  ilmiy  izlanishlarida  ta’kidlab  o‘tganlar.  Olimlar

            tomonidan  tuproqqa  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  to‘g‘ri  baho  berishda,  uni
            tashkil  qiluvchi  mexanik  elementlar,  ularning  katta-kichikligi,  xossa  va
            xususiyatlariga qarab klassifikatsiyalashda turlicha yondoshishlar bo‘lgan.

            Hozirgi  vaqtda  tuproq  fizikasida  mexanik  elementlarning  10  dan  ortiq
            klassifikatsiyasi mavjud (7-jadval).
                   7-jadvalda  dastlabki  tuproq  mexanik  elementlarining  katta-
            kichiklikligiga ko‘ra klassifikatsiyasi keltirilgan. Bu klassifikatsiya asosida

            mualliflar tajribada olgan ma’lumotlarini asos qilib qo‘yadilar. Binobarin,
            hali  bu  davrda  tuproq  mexanik  tarkibini  o‘rganish  sohasida  mukammal
            ishlab chiqilgan uslublar yo‘q edi.

                                                             20
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26