Page 10 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 10

mavsumiy  va  sutkalik  sikllariga  bog‘liq  holda  o‘zgarish  qonuniyatlari
            aniqlandi. Ushbu qimmatli ma’lumotlar Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishda va

            turli meliorativ chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat
            qildi.
                   Chirchiq-Angren  havzasi  bo‘yida  tarqalgan  tipik,  to‘q  tusli  va  tog‘

            jigarrang tuproqlarining suv va issiqlik rejimining o‘rganilgan hududning
            relef  sharoiti  va  qiyalik  ekspozitsiyasiga  bog‘liq  ravishda  o‘zgarishi
            N.Ataxanov,  I.Turapov  va  A.Sultonovlar  tadqiqotlarida  batafsil

            o‘rganilgan.
                   I.Turapov tomonidan ilk marotaba G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmasida
            vertikal mintaqalanish tizimida tarqalgan tuproqlarning issiqlik rejimining
            miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, subtropik

            mintaqaning tog‘ jigarrang, to‘q tusli va tipik bo‘z tuproqlari issiqlik rejimi
            bo‘yicha        V.A.Dimo          klassifikatsiyasiga        muvofiq        turli     darajada
            muzlaydigan tipga mansubligi aniqlangan. Tog‘ jigarrang va to‘q tusli bo‘z

            tuproqlar  issiqlik  xususiyatlari  nuqtai  nazardan  klassifikatsion  bahosi
            ishlab  chiqilgan.  G‘arbiy  O‘zbekistonning  bo‘z  tuproqlar  mintaqasidagi
            qo‘riq,  lalmi,  sug‘oriladigan  va  mulchalangan  tuproqlar  sharoitida
            tuproqlarning issiqlik rejimining shakllanish xususiyatlari aniqlangan.

                   M.Mazirovning  tajribalarida  G‘arbiy  Tyan-Shan  tog‘  tizmasida
            vertikal mintaqalanish tizimida tarqalgan asosiy tuproq tiplarining issiqlik-
            fizik  xossalari,  ularning  tuproq  profilida  taqsimlanish  qonuniyati,

            tuproqlarning  granulometrik  tarkibi,  fizik  xossalari,  namligi  va
            boshqalarga  bog‘liq  holda  issiqlik  sig‘imi,  issiqlik  va  harorat
            o‘tkazuvchanligining o‘zgarish qonuniyatlari ochib berildi.

                   Tuproq  qatlamlarida  harorat  o‘tkazuvchanligining  yuqori  miqdori
            tuproqlarning  nam  va  havo  tarkibining  ma’lum  konstantasiga  to‘g‘ri
            kelishi  aniqlandi.  Shuningdek,  tuproqlarning  asosiy  fizik  xossalari

            (namligi,  dispersligi,  gumus  miqdori  va  zichligi)  va  issiqlik-fizik
            koeffitsientlari o‘rtasidagi miqdoriy nisbatlar aniqlandi.
                   Sug‘orish  natijasida  tuproqlarning  issiqlik-fizik  xossalarining
            o‘zgarishi  baholandi  va  ushbu  xossalari  bo‘yicha  G‘arbiy  Tyan-Shan

            tuproqlarining bonitet shkalalari ishlab chiqildi.
                   R.Qurvontoev  tomonidan  O‘zbekistonning  och  tusli  bo‘z  tuproqlar
            va  cho‘l  mintaqasi  sharoitida  haydalma  qatlam  zichligining  optimal  va

            kritik  qiymatlari  aniqlangan  hamda  baholangan.  Turli  darajada  zichlik
            ko‘rsatkichlariga va mexanik tarkibga bog‘liq holda oziqa elementlari, tuz
            va namlikning harakatlanish qonuniyatlari o‘rganilgan.




                                                              9
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15