Page 171 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 171

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             va faqat virtual tajribani taklif qiladi. Ushbu texnologiyalar taʼlimdan
             ko‘ngilochar  sohagacha,  tibbiyotdan  ko‘chmas  mulkka  qadar  turli
             sohalarda qo‘llaniladi.
                10. Yaqinda turib hisoblash: yaqinda turib ishlov berish
                Edge Computing – bu maʼlumotlarni qayta ishlashga yondashuv bo‘lib,

             unda maʼlumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbada yoki unga yaqin joyda qay-
             ta ishlanadi, bu kechikishni kamaytiradi, tarmoq yukini kamaytiradi va
             maʼlumotlar xavfsizligini oshiradi. Bu usul, ayniqsa, avtonom transport
             vositalari va teletibbiyot kabi real vaqtda ishlov berishni talab qiladigan
             ilovalar, shuningdek, maʼlumotlarni uzatish xarajatlarini kamaytirish va
             maxfiylikni yaxshilash uchun juda muhimdir.
                                                                  Internet maʼlumotlari


                                   5.1. Biznes g‘oyani yaratish

                Har  qanday  tadbirkorlik  faoliyatining  mohiyati  xoh  biznesni
             tashkil  etish  chog‘ida  bo‘lsin,  xoh  uni  rivojlantirish  pallasida
             bo‘lsin,  mavjud  yoki  chetdan  jalb  qilingan  cheklangan  resurslar
             ko‘magida maʼlum bir maqsadli auditoriya uchun qiymatlar yaratish
             bo‘yicha yangi imkoniyatlarni izlab topishdan iboratdir. Tadbirkorlik
             faoliyati  va  innovatsion  taraqqiyot  asosida  yangi  qiymat  yoki  uni
             yaratishning yangi usuli to‘g‘risidagi ijodiy g‘oya yotadi. Biznes g‘oya

             salbiy  hissiyotlar  sifatida  isteʼmolchilar  tomonidan  his  qilinuvchi
             va  isteʼmolchilar  mazkur  muammolarning  yechimi  uchun  haq
             to‘lashga  tayyor  bo‘lgan  mavjud  muammolar  yechimining  maʼlum
             bir usul va vositalarini o‘zida ifoda etishi lozim. Real voqelik bilan
             isteʼmolchilar  kutishlarining  mos  kelmasligini  muammo  sifatida
             tushunamiz. Bunda  subyektlar  ushbu nomutanosibliklarning
             tezda  bartaraf  etilishiga  ehtiyoj  sezadilar.  Masalaning  yana  bir
             murakkabligi shundaki, individlarning nomutanosibliklarni qabul
             qilish darajasi turlicha va shu bilan birgalikda individlarning qabul

             qilish darajasi dinamik tavsifga ega bo‘lgani holda vaqt o‘tib borishi
             bilan nomutanosibliklarni qabul qilish o‘zgarib boradi.





                                                  170
   166   167   168   169   170   171   172   173   174   175   176