Page 176 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 176

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Nihoyat,  uchinchi  bosqich  faoliyat  ko‘rsatayotgan  korxonalarga
          taalluqli  bo‘lgani  holda  yuqoridagi  ikki  bosqichda  shakllantirilgan
          vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish uchun mavjud modelni qay darajada
          o‘zgartirish lozimligini anglab yetishga xizmat qiladi.


                      5.3. M. Jonson, K. Kristensen, X. Kagerman

                                        biznes-modeli
            Biznes-modelni  tanlash mexanizmini anglab etganimiz holda,
          kompaniya biznes-modelining asosiy unsurlarini yoki bloklarini
          ham tushunib olishimiz talab etiladi. Ushbu maqsadlar uchun, Mark
          Jonson,  Kley  Kristensen  va  Xenning  Kagermann  tomonidan  taklif
          qilingan  biznes-model  taʼrifidan  foydalanamiz,  chunki  bu  taʼrif
          bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri, aniq va tartibli tuzilishga asoslangan
          taʼrif sanaladi. Shu tariqa, biznes-model birgalikda isteʼmolchilarga

          qiymat yaratadigan va yetkazib beradigan to‘rtta o‘zaro bog‘liq unsur
          yoki submodellardan tashkil topadi:
            1. Isteʼmolchilarga taklif qilinayotgan qiymat (customer value pre-
          position);
            2. Foyda formulasi (profit formula);
            3. Asosiy resurslar (key resources);
            4. Asosiy jarayonlar (key processes).

            Isteʼmolchilarga  taklif  qilingan  qiymat.  Muvaffaqiyatli
          kompaniya – bu isteʼmolchilar xohlayotgan kerakli qiymatni yaratish
          yo‘lini  topa  olgan  kompaniyadir.  Isteʼmolchilarga  taklif  qilingan
          qiymat uch asosiy tamoyilga asoslanadi:
            1)  qiymat  mahsulot,  moddiy  yoki  nomoddiy  neʼmat  ko‘rinishida
          aks etgan bo‘lishi lozim;
            2)  qiymat fokus-guruhdan farqli o‘laroq iqtisodiy obyekt tomonidan
          qabul qilinishi kerak;
            3)  qiymat kompaniya va iqtisodiy obyekt o‘rtasidagi iqtisodiy bitim

          orqali amalga oshirilishi lozim.
            Aynan  isteʼmolchilarga  taqdim  etiladigan  qiymat  biznes-model-
          ning  muhim  unsuri  hisoblanadi.  U  firmalarning  tashqi  iqtisodiy
          agentlarga yo‘naltirilgan qiymat taklifini batafsil tushuntirib beradi.

                                               175
   171   172   173   174   175   176   177   178   179   180   181