Page 177 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 177
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Foyda formulasi. Foyda formulasi – kompaniyaning ayni vaqtda
qiymatni isteʼmolchilarga yetkazib berish orqali o‘zi uchun qay
tarzda qiymat yaratayotganligini ko‘rsatib beradi. U quyidagi to‘rtta
unsurdan tashkil topadi:
1. Daromad olish modeli: narx, miqdor;
2. Xarajatlar tarkibi: bevosita va bilvosita xarajatlar, ko‘lam
samarasi. Xarajatlar tarkibi biznes-model uchun zarur bo‘lgan asosiy
resurslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq;
3. Chegaraviy foyda modeli: xarajatlarning kutilayotgan hajmi va
tarkibini bilgan holda kutilayotgan umumiy foydaga ega bo‘lish uchun
har bir qo‘shimcha mahsulot birligidan olinuvchi foyda miqdorini
aniqlashimiz mumkin;
4. Resurslarning aylanish tezligi: kutilayotgan hajmlarni saqlab
qolish va kutilayotgan foyda miqdoriga ega bo‘lish uchun mavjud
aktivlardan qay tezlikda foydalanish kerak.
Bizning fikrimizcha, isteʼmolchilarga taqdim etiladigan qiymatni
yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan narx dastlab belgilab olinib,
o‘zgaruvchan xarajatlar va chegaraviy foyda aniqlanadigan, so‘ngra
ko‘zda tutilgan foydaga ega bo‘lish uchun zarur bo‘ladigan resurslar-
ning aylanish tezligi va ishlab chiqarish ko‘lamini aniqlashtirish eng
maʼqul usul hisoblanadi.
Asosiy resurslar. Personal, texnologiyalar, mahsulotlar, bino va
inshootlar, asbob-uskunalar, taklif etilayotgan qiymatlarni maqsadli
isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan kanallar va
shu kabilar asosiy resurslar hisoblanadi.. Bu o‘rinda isteʼmolchilar
va kompaniyalar uchun qiymat yaratadigan asosiy omillarga hamda
ularning o‘zaro munosabatlariga (biznesning raqobatbardosh
ustunliklarini yaratishga yordam bermaydigan turli kompaniyalar
uchun keng tarqalgan umumiy resurslardan farqli ravishda) alohida
eʼtibor qaratiladi. Asosiy resurslarni avtomobil akkumulyatori bilan
taqqos lash mumkin: tashkilot bir vaqtning o‘zida resurslarni isteʼmol
qiladi va ularning o‘rnini to‘ldirib boradi. Asosiy resurslar bilan
kompaniya ning investitsiyalari, xususan, kapital qo‘yilmalari uzviy
bog‘liqdir.
176