Page 181 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 181

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Bu maydonning o‘ziga xos jihatlari bo‘lib, mijozlar bilan aloqa
             kanallarining quyidagi xususiyatlari hisoblanadi:
                • xabardorlik (tovar yoki xizmat to‘g‘risida mijozning xabardorlik
             darajasi qay tariqa oshib boradi);
                •  baholash  (mijozlar  tomonidan  tovar  va  xizmatlarning  sifatini

             baholash imkoniyatlari qanday);
                • xarid qilish (mijoz biror bir mahsulot yoki xizmatni aynan qanday
             sotib oladi);
                • yetkazib berish (mijozlarga qiymat qay tarzda yetkaziladi);
                • sotuvdan keyingi xizmat (sotuvdan keyin mijozlar bilan qanday
             aloqalar o‘rnatiladi).
                Bundan  tashqari,  nafaqat  sotish  paytidagi  mijozlar  bilan  o‘zaro
             munosabatlar kanallarini, balki sotishdan oldingi va keyingi xiz-
             matlar ko‘rsatish kanallarini ham aniqlash muhimligini qayd etib

             o‘tishimiz lozim.
                Ostervalder  modelining  “daromad  qismi”ni  “daromadlar  oqimi”
             bloki (revenue streams) yakunlaydi. Ushbu blokda quyidagi savollarga
             javob berish lozim bo‘ladi:
                1. Amalda isteʼmolchilar aynan nima uchun haq to‘lashga tayyor?
                2. Hozirda ular nima uchun pul to‘laydilar?
                3. Hozirgi kunda ular to‘lovlarni qanday amalga oshiradilar?

                4. Ular to‘lovlarni qay tarzda amalga oshirishni afzal ko‘radilar?
                5. Kompaniyaning faoliyati uchun daromadlar qay darajada muhim
             ahamiyatga ega?
                Daromad olishning asosiy imkoniyatlari quyidagilardir:
                • aktivlarni sotish;
                • ijara;
                • obuna;
                • lizing;
                • brokerlik komissiyasi;

                • reklama;
                • qatʼiy belgilangan narxlar (turli usullar);
                • dinamik narx belgilash (turli usullar).
                Daromad olishning aniq bir mexanizmi (masalan, u naqd yoki

                                                  180
   176   177   178   179   180   181   182   183   184   185   186