Page 184 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 184

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            2. Qaysi resurslar ko‘p xarajat talab qiladi?
            3. Qaysi faoliyat turlarini amalga oshirish kompaniyaga boshqala-
          riga nisbatan qimmatga tushadi?
            Xarajatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
            1) doimiy xarajatlar;

            2) o‘zgaruvchan xarajatlar;
            3) ko‘lam bo‘yicha tejash imkoniyati.
            Bundan  tashqari,  xarajatlarni  tejash  va  ularni  optimallashtirish
          yoki  mijozlar  uchun  taklif  narxini  oshirish  yo‘li  bilan  biznes
          imkoniyatlarini kengaytirish imkoni mavjudligini ham aniqlash
          muhim ahamiyat kasb etadi.


                     5.5. Biznes-modelni biznes-rejaga aylantirish
            Innovatsion loyihaning biznes-rejasi obyekt – bu mazkur loyiha-

          ning  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi  borasida  amalga  oshirilishi
          zarur bo‘lgan harakatlarning qadamba qadam yo‘riqnomasi, hara-
          katlar dasturini ifoda etuvchi hujjatdir. M. Jonson, K. Kristensen va
          X. Kagerman va shuningdek, A. Ostervalder va I. Pinelarning uslubiy
          yon dashuvlariga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  potensial  biznes  biz-
          nes-modelining tahlili biznes-reja tuzishning asosini tashkil etadi.
          Biznesni  rejalashtirish  jarayoni  biznesni  tashkil  etishning  asosiy

          jihatlari va holatlarini tizimlashtirish va tartibga solishni o‘z oldiga
          maqsad qilib qo‘yadi. Hujjatning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi har
          qanday o‘quvchiga ham butun bir hujjatni batafsil o‘rganishga vaqt
          sarflamasdan biznes-rejada ko‘zda tutilgan holatlar borasida yaqqol
          tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Odatda, biznes-rejalar uzoq
          va ko‘p bosqichli professional tekshiruvlardan o‘tadi, unda ekspertlar
          biznes-rejalarning  mazmunini  sinchkovlik  bilan  o‘rganibgina
          qolmasdan, ularni o‘zaro taqqoslashlariga ham to‘g‘ri keladi.
            Shuning uchun biznes-rejani ishlab chiqishda hujjatning rasmiy

          tuzilmasiga rioya qilish va har bir bo‘limni to‘ldirish bo‘yicha umum-
          eʼtirof etilgan talablarni bajarish muhimdir. Ko‘zda tutilgan maqsad
          va vazifalarga bog‘liq ravishda biznes-rejaning ikkita asosiy yo‘nalishi
          farqlanadi:

                                               183
   179   180   181   182   183   184   185   186   187   188   189