Page 189 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 189
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tish va ularni kelgusida bozor talab etuvchi innovatsiyalarga aylan-
tirish imkoniyati ortadi.
Yangi g‘oyalar qiymati va istiqboli jihatidan bir-biridan tubdan
farq qilishi mumkin. Ularning umumiy jihati shundaki, ularda doimo
o‘z mualliflarining fikrlari yetakchilik qiladi.
Innovatsiyalarni yaratishning yanada tejamkor usuli – bu
innovatsiyalarni sotib olish hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat
g‘oyalarni zaxira pullarini foydali biznesga sarflashga tayyor bo‘lgan
tadbirkorlar sotib olishadi. Intellektual mulk agentligi o‘ziga xos
g‘oyalar ombori hisoblanadi.
Patent egalari o‘zlarining turli yo‘nalish va tavsifdagi yechimlarini
sotadilar. Ular har oyda sotishdan foizli chegirmalar (royalti) olish
yoki huquqlarni sotish va bir martalik mukofot olish uchun ixtirolarni
patentlashadi. Shuning uchun bu yerda asosiy narsa bozorda
potensialga ega bo‘lgan patentga o‘z vaqtida eʼtibor berishdir.
Kompaniyada biznes-treninglar o‘tkazish orqali yangi yechimlarni
izlab topish mumkin. Bu ko‘pincha katta resurslarni o‘qish va
o‘qitishga sarflashga qodir bo‘lgan yirik biznes tomonidan amalga
oshiriladi. Bunday tadbirlar doirasida xodimlar va jalb qilingan
mutaxassislar, masalan, “aqliy hujum” usulidan foydalanib, nafaqat
innovatsion loyihalarni, balki ularni amalga oshirish vositalarini
ham rivojlantiradilar. Bunday faoliyat davomida kompaniyada
raqobatchilardan ustunlik beradigan innovatsion yechimlar paydo
bo‘ladi.
O‘zbekistonda “start-uplar” uchun biznes-inkubatorlar mavjud
bo‘ lib, ularning maqsadi intiluvchan tadbirkorlarga innovatsiyalarni
tijoratlashtirishga yordam berish, yaʼni o‘z yechimlarini sotishni
boshlashdir. Biznes-inkubatorlar rivojlanishning g‘oyani shakllanti-
rishdan tortib, uni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishgacha bo‘lgan
barcha bosqichlarida innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlaydi. Loyi-
halarni amalga oshirish bozor, raqobat muhitini tahlil qilish va loyi-
haning o‘sish strategiyasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
188