Page 187 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 187
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
va texnologik yangiliklarni yaratish orqali foyda olish, yangiliklarni
tarqatish, yangi g‘oyani tovarga aylantirish.
Biznes innovatsiyalari yuqorida tilga olib o‘tilgan tushunchalar-
ning mazmunini anglab etishda o‘ziga xos kalit vazifasini bajaradi.
Har doim ham innovatsiya yangi mahsulotni yaratish va uni bozorga
olib chiqishni anglatmaydi. Ko‘pincha innovatsiyalar allaqachon
mavjud bo‘lgan texnologiyalarni modernizatsiya qilish bilan ham
bog‘liq bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, innovatsion biznes har doim
ham noldan boshlanavermaydi.
Dunyoda o‘ziga xos g‘oya ko‘magida tadbirkorlik faoliyatining
yorqin boshlanishiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bu ham
od diy, ham qiyin, chunki biznes boshlash uchun g‘oya topa bilish
hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Shu sababli, tadbirkorlar
innovatsiya larni joriy etishdan ko‘ra, allaqachon bozorda o‘z tasdig‘ini
topgan mahsulotlar: uyali telefonlar, maishiy texnika, kiyim-kechak,
o‘yinchoqlar va boshqalarni afzal ko‘radilar.
Biroq yangi yechimlar manbalarini osongina qo‘lga kiritish
mumkin. Bulardan biri korxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
foydali tavsiya va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan isteʼmolchilarning
izohlari hisoblanadi. Yana bir manba bozor va maqbullashtirish
yoki yangi yechim taklif qilish mumkin bo‘lgan raqobatchilarning
mahsulotlarini tahlil qilish hisoblanadi. Internet va zamonaviy
axborot texnologiyalari, infobiznes va boshqa rivojlanayotgan sohalar
biznesga innovatsiyalarni kiritish borasida keng maydon hisoblanadi.
Infobiznes axborotlarni sotishga asoslangan faoliyat sohasi bo‘l-
gani holda ushbu sohada yangiliklarni joriy etish va izlab topish
imkoniyatlari kengdir. Ekspert tahlillariga asoslangan har qanday
axborot tovar sifatida sotilishi mumkin.
G‘oya – bu innovatsion tadbirkorlik jarayonining boshlang‘ich
nuqtasi hisoblanadi. Innovatsion g‘oyaning paydo bo‘lishiga bilim,
shaxsiy va kasbiy tajriba va uni haqiqiy vaziyatda qo‘llash qobiliyati
katta turtki beradi.
Istalgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doimo u yoki bu g‘oya-
ga asoslanadi. Ammo innovatsion biznes uchun to‘g‘ri g‘oyani tan lash
186