Page 186 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 186
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Agar biznes-reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilgan bo‘lsa,
unda investorni jamoa, daromadning qanday va qayerda paydo
bo‘lishi, potensial bozorning mavjudligi, kompaniyaning o‘sish
potensiali, barcha axborot manbalarini oson qo‘lga kiritish kabi
savollar qiziqtirishini albatta inobatga olish talab etiladi. Biznes-
reja o‘quvchi uchun loyiha haqida maksimal obyektiv va ishonchli
maʼlumot larni imkon qadar qisqa, lekin ayni paytda batafsil, ishonchli
shaklga yet kazishi kerak. Hujjatning ko‘p qirrali xususiyati va biznes-
reja ning potensial foydalanuvchilarining turli-tumanligini hisobga
olgan holda, axborotni murakkablashtiradigan professional so‘zlar
va maxsus atamalardan foydalanmasdan eng keng tarqalgan shaklda
taqdim etish kerak. Biznes-rejalarda ko‘rgazmali materiallardan
foydalanish ham maʼqul hisoblanadi.
Biznes-rejalarni uch yildan besh yilgacha bo‘lgan istiqbolli
muddatga tuzish tavsiya etiladi. Bir va ikki yillik biznes-rejalarda
ko‘rsatkichlarni choraklar va yoki oylar kesimida ko‘rsatish maʼqul
hisob lanadi, agar biznes-reja 3 yildan ortiq muddatga tuzilgan bo‘lsa,
u holda yillik ko‘rsatkichlar bilan kifoyalanish mumkin. Biznes-reja
tuzayotganda, u narsalarning haqiqiy holatini aks ettirishi kerakligini
va bu yerda ortiqcha bo‘rttirishlar va xayoliy narsalarga joy yo‘qligini
anglab etish lozim. Har qanday prognoz amalda mavjud maʼlumot-
larning to‘liq hajmini chuqur va professional o‘rganishga asoslangan
bo‘lishi kerak.
Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
Innovatsion biznes yangi bilim, ixtiro va texnologiyalarni joriy etish
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik turi hisoblanadi. Bunday tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish natijasida o‘xshashi bo‘lmagan yangi
mahsulotlarni yaratiladi yoki bozorda avvaldan sotib kelinayotgan
mahsulotlar takomillashtiriladi.
Innovatsion biznes, innovatsion tadbirkorlik, innovatsion
jarayon va innovatsion faoliyat tushunchalari ko‘pincha bir o‘rinda
qo‘llaniladi. Mazkur tushunchalarni quyidagi tashkil etuvchilar o‘zaro
birlashtiradi: yangi bilim va texnologiyalarni tijoratlashtirish, texnik
185