Page 188 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 188
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
muhim ahamiyatga ega, chunonchi to‘g‘ri tanlangan loyiha loyi haning
kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilab beradi. Aytish mumkinki, yangi
g‘oyalarni doimiy ravishda izlash innovatsion biznesning “dvigateli”,
umuman olganda esa ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘zginasidir.
Mavjud biznesni takrorlashdan iborat bo‘lishi mumkin bo‘lgan
oddiy biznes g‘oyadan farqli o‘laroq, innovatsion g‘oya asl mahsulot,
mahsulot, xizmat yoki ularning takomillashtirilgan versiyalari (modi-
fikatsiyalari), shuningdek, yangi brendlarni ishlab chiqarish borasida
katta imkoniyatlarni taqdim qiladi.
Biznes muvaffaqiyatiga ishonishga imkon beradigan innovatsion
g‘oyani shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
• isteʼmolchilar uchun qiymatga ega bo‘lgan navflilikni yaratishning
yangi usullarini kashf qilish;
• ushbu navflilikni yaratishga ko‘maklashuvchi o‘ziga xos
imkoniyatlardan keng foydalanish;
• yaratilgan navflilik qiymati asosida tadbirkorlik foydasini oshi-
rishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini aniqlashtirish.
Innovatsion biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor uchun o‘zi
uchun innovatsion g‘oyani topishga yordam beradigan maʼlumot
manbalarini ajratib olishi juda muhimdir. Ushbu manbalar: bozor va
uning ehtiyojlari; yangi texnologiyalar, materiallar, ishlab chiqarish
usullarining paydo bo‘lishi; muayyan bir tovar taʼminoti borasidagi
mavjud tarkibiy yoki geografik bo‘shliqlar haqidagi aniq bilimlar
bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar innovatsion g‘oyalarning aniq manbalari sifatida
ishtirok qiladi:
• Isteʼmolchilar – isteʼmol talabini o‘rganish nuqtai nazaridan;
• Olimlar, agar ular ixtiro bilan shug‘ullansa yoki yangi materiallar,
yangi mahsulotlar yoki xizmatlarni yaratishga olib keladigan tovar
xususiyatlarini qidirsa;
• Raqobatchilar isteʼmol talabini o‘rganish va unga moslashish
jihatidan;
• Savdo agentlari, dilerlar va boshqa vositachilar;
• Korxona xodimlarining bevosita ishtiroki, bunda g‘oyalarni yara-
187