Page 190 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 190

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                                 AMALIY TOPSHIRIQLAR


                    Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
            1.    Biznes  g‘oyalarini  ijodiy  shakllantirish  algoritmining  mohiyati
          nimadan iborat?

            2.  Biznes-modelning uch asosiy bosqichlarini sanab bering.
            3.  M. Jonson, K. Kristensen, X. Kagermann metodologiyasiga muvofiq
          biznes-modelning  mohiyatini  aniqlashtiring.  Asosiy  bloklar  haqida
          maʼlumot bering.
            4. A. Ostervalder yondashuvining mohiyati nimadan iborat. Bloklarni
          to‘ldirish tartibini tushuntiring.
            5.    Biznes-rejalarni  tuzishdagi  ikki  asosiy  yo‘nalish  to‘g‘risida
          tushuncha bering.
            6.  Biznes-reja asosida hal etiladigan asosiy vazifalarni yoritib bering.

            7.  Biznes-rejaning  namunaviy  tuzilishi.  Biznes-reja  bo‘limlarini
          tavsiflang.
            1-topshiriq.
            Morfologik tahlil, nazorat savollari usuli, aqliy hujum yoki fokal
          obyekt usulidan foydalanib, innovatsion mahsulot va xizmatni taklif
          eting. Bunday innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish bo‘yicha
          ishlar majmuasi (tadqiqotdan olingan natijalardan ulardan amalda

          foydalanishga qadar) – innovatsion loyihani tavsiflang.
            2-topshiriq.
            Oldingi  topshiriqda  ishlab  chiqilgan  mahsulot  yoki  xizmatni
          amalga oshirishni ifoda etuvchi innovatsion loyiha uchun loyihaning
          hayotiylik sikli bosqichlarini bayon qiling. Loyihaning investitsiyadan
          oldingi  bosqichi  vaqtini  qanday  tezlashtirish  mumkinligi  borasida
          takliflar kiriting.
            3-topshiriq.
            Innovatsion loyihani tanlang. Siz g‘oyalarni yaratish usullari

          asosida  ishlab  chiqilgan  loyihadan  foydalanishingiz  mumkin.
          Tanlangan loyiha uchun tashqi muhit omillarini baholang. Natijalarni
          jadvalga kiriting.



                                               189
   185   186   187   188   189   190   191   192   193   194   195