Page 192 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 192

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          beri ladi. Mijoz qadoqni yuqori texnologiyali siqish moslamasiga
          kiritadi, u yuqori bosim ostida sharbatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaltadan
          siqib chiqaradi. Bu mijozlarni mevalarni yuvish va kesish, shuningdek,
          foydalanishdan keyin qurilmani tozalash zaruratidan xalos qiladi.
            Kompaniya meva paketlarini sotishdan pul ishlashni rejalashtirgan

          edi, chunki ularning qurilmasi faqat markali sumkalar bilan ishlashi
          lozim  edi,  bunday  model  asosida  “Keurig”  kofe  qaynatgichlarini
          ishlaydi  va  ““Juicero””  o‘zini  “sharbatlar  uchun  Keurig”  sifatida
          bozorda targ‘ib qila boshladi.
            Uch yillik ishlardan so‘ng, 2016-yil fevral oyida start-up nihoyat
          gadjetning birinchi versiyasini taqdim etdi. Moda tendensiyalariga
          muvofiq, 700 dollarlik sharbat chiqargich WiFini qo‘llab-quvvatlaydi,
          mobil ilova orqali smartfondan boshqariladi.
            Kompaniya  investorlar  borasida  hech  qanday  muammoga  duch

          kel madi.  Start-up  o‘nlab  investitsiya  fondlaridan,  shu  jumladan,
          Camp bell  Soup,  Google  Ventures,  Artis  Ventures,  Kleiner  Perkins,
          Two  Sigma Ventures,  First  Beverage  Group, Acre Ventures,  Double
          Bot tom Line Ventures, Thrive Capital, Vast Ventures va boshqalardan
          tax minan 120 million dollar olgan.
            Tez orada  sotuvlar  boshlandi,  keyin kompaniya hatto  narxni
          400  dollargacha  tushirdi.  Qadoqlarga  obuna  bo‘lgan  xaridorga  har

          hafta buyurtma asosida meva xaltachalari yetkazib berilgan. Har bir
          xaltachaning narxi 5 dan 8 dollargacha bo‘lgan va taxminan 1 stakan
          sharbatni siqib chiqarishi mumkin edi.
            Ammo qimmatbaho gadjet va yarim tayyor mahsulot paketlarini
          sotib  oluvchilarning  baʼzilari,  xaltachalarni  sharbat  chiqargichga
          o‘rnatmasdan  ham  xaltachalardagi  sharbatni  oddiy  qo‘llar  bilan
          muvaffaqiyatli siqilishini bilib hayron bo‘lishdi.
            Sharbatni qo‘l bilan siqish va sharbat chiqargichda taqqoslash testi
          shuni ko‘rsatdiki, ikkala holatda ham taxminan bir xil miqdordagi

          sharbat siqiladi va siqish tezligida ham farq yo‘q, garchi baʼzi hollarda
          sharbat qo‘llar bilan tezroq siqiladi. Video sinovi paytida mashina ikki
          daqiqada 227 g sharbatni, qiz esa bir yarim daqiqada 213 g sharbatni
          siqib chiqardi. Qo‘l bilan siqilgan paketlar haqidagi yangiliklar hamma

                                               191
   187   188   189   190   191   192   193   194   195   196   197