Page 197 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 197

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV


                             INTELLEKTUAL MULK VA
              6-MAVZU
                             UNI HIMOYA QILISH YO‘LLARI


                6.1. Intellektual mulk tushunchasi va uning mohiyati

                6.2. Intellektual huquqlar
                6.3. Intellektual mulk va uni muhofaza qilishning ahamiyati
                6.4. Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish usullari
                6.5. Litsenziyalash
                6.6. Intellektual mulkni boshqarish
                Mavzuning qisqacha sharhi. Intellektual mulk – bu inson aql-u
             zakosining mahsuli bo‘lib, u ixtirolar, adabiy va badiiy asarlar, dizayn
             yechimlari,  tijorat  maqsadlarida  foydalaniluvchi  belgilar,  nomlar
             va  tasvirlar  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi.  Zamonaviy  voqelikda

             intellektual mulkni huquqiy himoya qilish va asrab-avaylash
             g‘irrom tijoratchilardan himoya qilishning samarali vositasi bo‘lib,
             tashkilotning kapitallashuvi va daromadlarini oshiradi, intellektual
             huquqlarni buzuvchi tashkilotlar faoliyati natijasida mavqega putur
             yetishi xatarini pasaytiradi.
                Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish turli subyektlarga
             turli tavsifdagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Kompaniyalar

             uchun bu investitsiya va adolatli raqobatni taʼminlashga qaratilgan
             muhim  huquqiy  mexanizm  hisoblansa,  isteʼmolchilar  uchun  esa
             mahsulot  sifati  va  xavfsizligini  taʼminlashning  muhim  dastagidir.
             Hukumat intellektual mulk huquqini himoyalashning yaxshi yo‘lga
             qo‘yilgan tizimi orqali investitsiyalarni jalb qilishning muhim sharti
             hisoblanuvchi qulay biznes muhitini yaratadi. Shundan kelib chiqqan
             holda mazkur mavzu doirasida intellektual mulkni himoya qilish
             masalalari  muhokama  qilinadi,  muhokama  doirasida  intellektual
             mulk,  intellektual  huquq,  intellektual  faoliyat,  mulk  huquqi,

             intellektual  faoliyat  natijalari,  intellektual  mulk  obyektlari,  tovar
             belgisi, litsenziya, patent, mualliflik huquqi, patent huquqi, turdosh
             huquqlar, sanoat namunasi, ixtiro, foydali model, litsenziya turlari,
             intellektual mulkni boshqarish kabi tushunchalarga to‘xtab o‘tiladi.

                                                  196
   192   193   194   195   196   197   198   199   200   201   202