Page 200 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 200
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini ko‘rsatib berdi. Hozir
180 dan ortiq davlat BIMT aʼzosi hisoblanadi. Mazkur tashkilot
BMT tizimida bo‘lib, 1970-yildan faoliyat yuritmoqda. 1974-yilda u
hukumatlararo xalqaro tashkilot nomini olgan. Ayni vaqtda BIMT
butun dunyoda intellektual mulk obyektlarini bir xil himoya qilish,
sohaga oid qonunchilik tizimini yaratish va takomillashtirishga
ko‘maklashish, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, himoyaga
olingan obyektlarni xalqaro ayirboshlashni qo‘llab-quvvatlash,
boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish orqali himoya tizimini
mustahkamlash, sohaga oid turli xalqaro shartnomalarning maʼmuriy
boshqaruvini taʼminlashga xiz mat qilib kelmoqda.
Konvensiyaning 2-moddasiga ko‘ra, intellektual mulk intellektual
faoliyatning aniq bir natijasi sifatida maydonga chiquvchi, yaʼni ish lab
chiqarish, ilmiy, adabiyot va sanʼat sohalaridagi maʼlum bir obyekt -
larga bo‘lgan huquqni ifoda etadi. Intellektual mulk insonning ijo diy
faoliyati natijasida yaratilgan adabiy, badiiy, sanʼat asarlari va sa noat
namunasidir. Ijodiy faoliyat, o‘z navbatida, inson tafakkuri mahsuli
hisoblanadi. Shu bois intellektual faoliyat ishtirokchilari – mual liflar
fuqarolik-huquqiy munosabatlarning eng faol subyektlaridir.
Mamlakatimiz qonunchiligiga binoan intellektual faoliyat natijalari
va ularga tenglashtirilgan, ayni paytda huquqiy himoya taʼmin etiluvchi
tovarlar, xizmatlar, shaxsiylashtirish vositalari kabilar intellektual
mulk sifatida tushuniladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Kodeksining 97-moddasida intellektual faoliyat natijalariga quyidagicha
taʼrif berilgan: “Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan
hollarda va tartibda intellektual faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari
hamda yuridik shaxsning bu natijalarga teng lashtirilgan o‘ziga xos
vositalari, ana shu ishlar yoki xizmatlarni ado etayotgan jismoniy
yoki yuridik shaxsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat
ko‘rsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning
mutlaq huquqi eʼtirof etiladi.
Mutlaq huquq obyekti bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va
o‘ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati
bilangina foydalanishlari mumkin” .
15
15 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, www.lex.uz
199