Page 202 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 202

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          takrorlani shi yoki umumiy havola yo‘sinidagi normalarning paydo
          bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, sohaga oid qonunlar ilmiy
          konsepsiyasi  ixchamlashib,  kodeksda  yaxlit  ilmiylikka  asoslangan,
          nazariy jihatdan asoslash mumkin bo‘lgan normalar jamlanishi
          mumkin. Eng asosiysi, huquqni qo‘llash amaliyoti yanada jadallashib,

          normalarni sharhlash va hujjatlarda aks ettirish imkoniyati yanada
          kengayadi.
            Shunday ekan, intellektual mulkning huquqiy asoslarini yanada
          takomillashtirish,  davlat  organlari  va  manfaatdor  tashkilotlarning
          birgalikdagi  faoliyatini  taʼminlash,  eng  asosiysi,  jamiyatning  turli
          qatlamlari, ayniqsa, yosh avlod orasida sohaga oid nazariy, huquqiy
          bilimlarni tizimli targ‘ib qilish dolzarb vazifalardan biridir.
            Mamlakatimizning asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasi
          Kons titutsiyasidir.  Bizning  intellektual  mulk  obyektlarini  huquqiy

          muhofazalash sohasida amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka
          egalik va ilmiy-texnik ijodiyot erkinligi huquqlari Konstitutsiyada o‘z
          aksini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 53-moddasida “Har kimga
          ilmiy, texnikaviy  va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan
          foydalanish  huquqi  kafolatlanishi,  intellektual  mulk  qonun  bilan
          muhofaza  qilinishi,  davlatning  jamiyatning  madaniy,  ilmiy  va
          texnikaviy  rivoj lanishi  haqida  g‘amxo‘rlik  qilishi”  haqida so‘z
                                                                       16
          yuritiladi.
            Intellektual  mulk  obyektlarini  yaratish,  muhofazalash  va
          foydalanish  bilan  bog‘liq  huquqiy  munosabatlar  fuqarolik  huquqi
          sohasi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
          Kodeksi bilan tartibga solinadi.
            O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan
          bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
            1996-yil  30-avgustda  qabul  qilingan  “Mualliflik  huquqlari  va
          turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun;

            1994-yil  6-mayda  qabul  qilingan  va  1997-yil  26-dekabrda
          o‘zgartirilgan  “Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat  namunalari
          to‘g‘risida”gi qonun;

          16  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, https://lex.uz/docs/-6445145
                                               201
   197   198   199   200   201   202   203   204   205   206   207