Page 199 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 199

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             mo nitoring  qilish  jarayonida  “Amazon  Techno”  MChJ  tomonidan
             qonunbuzarlikni  aniqladi.  Kompaniya  maishiy  texnika  do‘koni  uchun
             “Amazon”ga o‘xshash xizmat belgisidan foydalangan.
                Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, Amerikaning “Amazon
             Technologies INC” kompaniyasi 2000-yilda “Amazon” xizmat ko‘rsatish

             belgisi uchun intellektual mulk agentligining sertifikatini olgan.
                Biroq  savdo  belgisidan  ruxsatsiz  foydalanish  natijasida  “Amazon
             Techno” mualliflik huquqi egasining savdo belgisiga bo‘lgan eksklyuziv
             huquqlarini buzdi.
                Shu  munosabat  bilan  kompaniyaga  qarshi  maʼmuriy  bayonnoma
             rasmiylashtirildi va sudga yuborildi.
                Sud qaroriga ko‘ra, “Amazon Technologies INC”ning buzilgan hu quqlari
             tiklandi va “Amazon Techno” o‘z xizmat ko‘rsatish belgisini o‘zgartirdi.
                                         Intellektual mulk agentligi axborot xizmati



                   6.1. Intellektual mulk tushunchasi va uning mohiyati
                Intellektual  faoliyat  natijalarining  yangi  mahsulotlar,  xizmatlar
             va  texnologiyalarda  aks  etuvchi  qiymatga  transformatsiyalanishi
             asosida innovatsion iqtisodiyot va bilimlar iqtisodiyotining
             taraqqiyoti jadallashadi va uning ko‘lamlari tobora kengayib boradi.
             Raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarishda  intellektual  resurslar

             ahamiyati ning ortib borishi mahsulot ishlab chiqarish usullarining
             o‘zgarishiga, bilimlarning yangi qiymat yaratilishida eng muhim
             omilga aylani shiga olib keladi. Innovatsion biznes muvaffaqiyatining
             asosiy  omillaridan  biri  intellektual  faoliyat  natijalariga  egalik
             qilish hisoblanadi, shu sababli ham zamonaviy kompaniyalarning
             raqobatbardoshligi va foydalilik darajasi ko‘p jihatdan, intellektual
             mulk sifatidagi resurslarning mavjudligi bilan belgilanadi.
                “Intellektual  mulk”  tushunchasi  dastlab  1967-yil  14-iyuldagi
             “Butunjahon  intellektual  mulk  tashkiloti  (BIMT)ni  tashkil  etish

             to‘g‘risida”gi  Stokgolm  konvensiyasida  ilgari  surilgan . Mazkur
                                                                               14
             konvensiya intellektual mulkning huquqiy maqomini belgilash bilan
             birga  uning  tarkibi,  yaʼni  obyektlarini  ham  aniqladi  hamda  BIMT

             14  https://www.wipo.int/treaties/ru/convention/
                                                  198
   194   195   196   197   198   199   200   201   202   203   204