Page 203 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 203

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                1993-yil 7-mayda qabul qilingan va 1997-yil 26-dekabrda
             o‘zgartirilgan  “Tovar  belgilari  va  xizmat  ko‘rsatish  belgilari
             to‘g‘risida”gi Qonun;
                1994-yil  6-mayda  qabul  qilingan “EHM  va  maʼlumotlar  bazalari
             uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi Qonun;

                1996-yil  30-avgustda  qabul  qilingan  “Seleksiya  yutuqlari
             to‘g‘risida”gi Qonun;
                2001-yil  12-mayda  qabul  qilingan  “Integral  mikro  chizmalar
             topologiyasini  huquqiy  muhofazalash  to‘g‘risida”gi  Qonunlardir.
             Mamlakatimizda xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda, huquqiy
             muhofaza  qilinuvchi  intellektual  mulk  obyektlariga  quyidagilar
             kiritilgan:
                1)  ilm-fan,  adabiyot  va  sanʼat  asarlari;  2)  elektron  hisoblasha
             ma shinalari  uchun  dasturlar;  3)  maʼlumotlar  bazalari;  4)  ijro;  5)

             fonogramma;  6)  efir  orqali  xabarlar  yuborish  yoki  kabel  orqali
             radio  eshit tirish  va  teleko‘rsatuvlar  uzatish;  7)  ixtirolar;  8)  foydali
             modellar; 9) sa noat namunalari; 10) seleksiya yutuqlari, 11) integral
             mikrosxemalar, 12) tijorat sirlari (nou-xau); 13) firma nomlari, 14)
             tovar  va  xiz mat  ko‘rsatish  belgilari,  15)  tovarlarning  kelib  chiqishi
             bo‘yicha joy nomlari; 16) tijorat-savdo belgilari.
                Intellektual mulk obyektlarining bu yopiq ro‘yxati intellektual

             faoliyatning barcha natijalari muhofaza qilinishini anglatmaydi, o‘z
             navbatida barcha bilimlarni ikki katta guruhga bo‘lishmiz mumkin
             bo‘ladi:  1)  amaldagi  huquqiy  mexanizmlar  orqali  muhofaza  qilish
             imkoni mavjud bo‘lmagan bilimlar (g‘oyalar, nazariyalar, kashfiyotlar);
             2)  muhofazalanadigan  bilimlar.  Muhofazalanadigan  bilimlar  o‘z
             navbatida qandaydir sabablar bilan muhofazalanmasdan qolgan va
             huquqiy jihatdan himoyalangan intellektual mulkka bo‘linadi.
                Amaldagi qonunchilik intellektual faoliyat natijalarini himoyalash
             borasida turli intellektual mulk obyektlarini tasarruf etish, foydalanish

             va  ularga  egalik  qilish  tartibini  belgilab  beruvchi  turli  huquqlar
             (mualliflik huquqi, patent huquqi va hokazo) larni ko‘zda tutadi.
                Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  2006-yil  23-martda
             qabul qilingan va Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan

                                                  202
   198   199   200   201   202   203   204   205   206   207   208