Page 206 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 206

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                                 6.2. Intellektual huquqlar
            Iqtisodiyotni  innovatsion  tarzda  rivojlantirishda  intellektual
          salohiyatdan  samarali  foydalanish  bo‘yicha  harakatlar  rejasiga
          muvofiq,  “Intellektual        mulk     to‘g‘risidagi    qonun      hujjatlari
          takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining

          ayrim  qonun  hujjatlariga  qo‘shimcha  va  o‘zgartishlar  kiritish
          to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
            Ushbu  qonun  loyihasini  tayyorlashning  zaruriyati  bir  necha
          sabablarga  asoslangan.  Birinchidan,  foydali  modellar  sifatida
          muhofaza  qilinadigan  patentga  layoqatli  obyektlar  doirasini
          kengaytirish. Ikkinchidan, muallifning patent olish uchun talabnoma
          topshirish  hamda  sanoat  mulki  obyektidan  foydalanish  tartibini
          aniqlashtirish.  Uchinchidan,  talabnoma  beruvchiga  uning  istagi
          bo‘yicha  talabnomani  ko‘rib  chiqish  muddatlarini  qisqartirish

          imkoniyatini  berish.  To‘rtinchidan,  talabnoma  beruvchining
          seleksiya yutug‘iga patent berish jarayonini tezlashtirish hamda
          patent  berish  muddatlarini  qisqartirish.  Beshinchidan,  talabnoma
          beruvchiga  seleksiya  yutug‘iga  patent  amal  qilish  muddatini
          tiklash  imkoniyatini  berish  hamda  intellektual  mulk  muhofazasini
          taʼminlash. Oltinchidan, “tovar belgisi”ga doir guvohnomani berish
          muddatlarini aniqlashtirish.

            Loyihada amaldagi bir qator qonunlarga tegishli o‘zgartish va
          qo‘shimchalarni  kiritish  taklif  etilmoqda.  Chunonchi,  “Ixtirolar,
          foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunda foydali
          modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli obyektlar
          doirasini kengaytirish maqsadidagi  o‘zgartish aks ettirilmoqda.
          Qonunning 7-moddasi har qanday sohada, yaʼni mahsulotga (xususan,
          qurilma, modda, mikroorganizm shtamp, o‘simliklar yoki hayvonlar
          hujayralarining  turlariga)  va  usulga  (moddiy  vositalar  yordamida
          moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga)

          taalluqli bo‘lgan texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etilishi
          haqidagi qo‘shimcha bilan to‘ldirilmoqda. Bu sohada boshqa davlatlar
          tajribasi  o‘rganilganda,  misol  uchun  Ukraina  va  Gruziya  patent
          qonunchiligida  foydali  model  obyekti  sifatida  mahsulot  (xususan,

                                               205
   201   202   203   204   205   206   207   208   209   210   211