Page 209 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 209
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
muddatlarini qisqartirishga, intellektual mulk huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha meʼyorlarni xalqaro tajribaga moslashtirishga imkon
beradi.
Intellektual mulk instituti mazkur mulk obyektlariga intellektual
mulk huquqlarining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu huquqlar
qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilar:
• uchinchi shaxslarga nisbatan mutlaq tavsifga ega bo‘lishi;
• u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi;
• amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi.
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqning mutlaq tabiati
shu bilan izohlanadiki, unga ko‘ra intellektual mulk egalari intellektual
mulk borasida qonunchilikda ko‘zda tutilgan barcha xatti-harakatlarni
amalga oshiradilar va bir paytning o‘zida mulkdorlarning roziligisiz
bunday xatti-harakatlarning uchinchi shaxslar tomonidan amalga
oshirilishiga chek qo‘yadilar, yaʼni intellektual mulk obyektlaridan
foydalanish borasida qonuniy monopoliyaga ega bo‘ladilar.
Intellektual mulk huquqining mutlaq tavsifga ega bo‘lishi shunda
ko‘rinadiki, u mulkdorning roziligisiz o‘zgalarning intellektual mulk
obyektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yib bergan har qanday shaxsning
harakatlariga nisbatan qarshi chiqadi. Intellektual faoliyat natijala-
riga bo‘lgan intellektual huquqlar mutlaq (mulk) huquqi, shaxsiy
nomulkiy huquqlar va boshqa huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Moddiy naf olish imkonini beruvchi mutlaq huquq:
• eng avval intellektual faoliyat natijalarining muallifida vujudga
keladi;
• qonunga muvofiq shu huquqni qo‘lga kirituvchida paydo bo‘ladi;
• davlat ro‘yxatiga olingan taqdirda u himoyalanadi;
• Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari maʼlum
bir muddat davomida amalda bo‘ladi;
• huquq egasiga intellektual faoliyat natijalaridan qonunga zid
bo‘lmagan tarzda va o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, boshqa shaxslar
tomonidan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanilishiga ruxsat
berish yoki foydalanishni taqiqlash imkoniyatini beradi;
208