Page 213 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 213

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan, ro‘yxatdan
             o‘tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish;
                Davlat  patent  fondini  va  intellektual  mulkning  rasmiy  ro‘yxatdan
             o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar bazasini shakllan tirish
             va yuritish, ularning saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining

             xo‘jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar
             tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini taʼminlash;
                intellektual  mulk sohasida zamonaviy  axborot texnologiyalarini
             joriy  etish,  tadbirkorlik  subyektlariga  va  aholiga  “yagona  darcha”
             tamoyili bo‘yicha davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish;
                korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy intellektual mulk
             obyektlarini huquqiy himoya qilishni taʼminlash bo‘yicha konsultativ
             va amaliy ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk sohasida
             xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

                intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va
             ularning malakasini oshirish.
                Agentlik  o‘ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi
             funksiyalarni amalga oshiradi:
                intellektual  mulk  sohasida  davlat  siyosati  va  qonunchilikni
             takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda
             ularni  ko‘rib  chiqish  uchun  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston

             Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
                ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari,
             tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish
             joylari  nomi,  elektron  hisoblash  mashinalari  (EHM),  maʼlumotlar
             bazalari  va  integral  mikrosxemalar  topologiyasi  uchun  muhofaza
             qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishga
             qabul qiladi;
                ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xiz-
             mat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini

             davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ko‘rsatilgan obyektlarning
             ustuvorligini  belgilaydi,  seleksiya  yutuqlari,  EHM  uchun  dasturlar,
             maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining
             rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;

                                                  212
   208   209   210   211   212   213   214   215   216   217   218